Qirg’izistonning Bishkek shahridagi OSCE (Organization for Security and Co-operation in Europe) Academy tomonidan tashkillashtiriladigan yozgi maktabga arizalar qabul qilinmoqda. Ushbu yozgi maktab OSCE Academy’da takif etiladigan ikkita magistrlik kursiga (Master’s Programmes in Politics & Security and in Economic Governance & Development) tayyorlovchi kurs hisoblanadi. Ushbu magistrlik kurlarida o’qishni xohlovchi va hozirda shu sohalarga yaqin sohalar bo’yicha bakalavriat yoki magistraturaning oxirgi bosqichida tahsil olayotgan talabalar ushbu yozgi kursda qatnashishi mumkin. Kurs 2018-yilning 13-31-avgust kunlari bo’lib o’tadi.
Grant kimlar uchun?
Iqtisodiyot, xalqaro aloqalar, siyosiy fanlar va shu sohalarga yaqin/o'xshash sohalar bo'yicha bakalavriat yoki magistraturaning oxirgi kurisda o'qiyotganlar uchun
Batafsil ma'lumot uchun link
Grantning manfaatli jihatlari:
Ushbu yozgi kursga qatnashuvchilar uchun quyidagi iqtisodiy imkoniyatlar taqdim etiladi:
- Kurs butunlay tekin hisoblanadi.
- 20 nafar ishtirokchiga 3 haftalik kurs uchun 150 yevro stipendiya ajratiladi.
Transport, sug’urta va viza xarajatlari OSCE Academy tomonidan qoplab berilamaydi.
Talablar:
Nomozdlar quyidagi talablarga mos bo’lishi lozim:
- Nomzod iqtisodiyot, xalqaro aloqalar, siyosiy fanlar va shu sohalarga yaqin/o’xshash sohalar bo’yicha bakalavriat yoki magistraturaning oxirgi kurisda o’qiyotgan bo’lishi kerak.
- Nomzodning yozma va og’zaki ingliz tilisi a’lo bo’lishi kerak.
- Nozmod quyidagi davlatlardan birining fuqarosi bo’lishi kerak: O’zbekiston, Qozog’iston, Qirg’iziston, Turkmaniston, Tojikiston, Afg’oniston, Mo’g’uliston.
Dasturga qabul jarayoni:
Ariza topshirish onlayn tarda amalga oshiriladi. Nomzodlar CV va motivatsion xatni 2018-yilning 29-iyuliga qadar summerschool@osce-academy.net elektron manziliga yuborishi lozim.