×

Qirg’iziston: Xarajatlari qisman qoplanadigan yozgi kurs!


Grant

MUHLAT

29.07.2018

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Qirg'iziston

O'QILGAN

2623 marta

Qirg’izistonning Bishkek shahridagi OSCE (Organization for Security and Co-operation in Europe) Academy tomonidan tashkillashtiriladigan yozgi maktabga arizalar qabul qilinmoqda. Ushbu yozgi maktab OSCE Academy’da takif etiladigan ikkita magistrlik kursiga (Master’s Programmes in Politics & Security and in Economic Governance & Development) tayyorlovchi kurs hisoblanadi. Ushbu magistrlik kurlarida o’qishni xohlovchi va hozirda shu sohalarga yaqin sohalar bo’yicha bakalavriat yoki magistraturaning oxirgi bosqichida tahsil olayotgan talabalar ushbu yozgi kursda qatnashishi mumkin. Kurs 2018-yilning 13-31-avgust kunlari bo’lib o’tadi.

Grant kimlar uchun?

Iqtisodiyot, xalqaro aloqalar, siyosiy fanlar va shu sohalarga yaqin/o'xshash sohalar bo'yicha bakalavriat yoki magistraturaning oxirgi kurisda o'qiyotganlar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Ushbu yozgi kursga qatnashuvchilar uchun quyidagi iqtisodiy imkoniyatlar taqdim etiladi:

  • Kurs butunlay tekin hisoblanadi.
  • 20 nafar ishtirokchiga 3 haftalik kurs uchun 150 yevro stipendiya ajratiladi.

Transport, sug’urta va viza xarajatlari OSCE Academy tomonidan qoplab berilamaydi.

Talablar:

Nomozdlar quyidagi talablarga mos bo’lishi lozim:

  • Nomzod iqtisodiyot, xalqaro aloqalar, siyosiy fanlar va shu sohalarga yaqin/o’xshash sohalar bo’yicha bakalavriat yoki magistraturaning oxirgi kurisda o’qiyotgan bo’lishi kerak.
  • Nomzodning yozma va og’zaki ingliz tilisi a’lo bo’lishi kerak.
  • Nozmod quyidagi davlatlardan birining fuqarosi bo’lishi kerak: O’zbekiston, Qozog’iston, Qirg’iziston, Turkmaniston, Tojikiston, Afg’oniston, Mo’g’uliston.

Dasturga qabul jarayoni:

Ariza topshirish onlayn tarda amalga oshiriladi. Nomzodlar CV va motivatsion xatni 2018-yilning 29-iyuliga qadar summerschool@osce-academy.net elektron manziliga yuborishi lozim.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!