×

Buyuk Britaniya: PhD bosqichi uchun to’liq grant va yillik 16 ming funt sterling stipendiya!


Grant

MUHLAT

31.01.2019

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Buyuk Britaniya

O'QILGAN

1578 marta

Buyuk Britaniyaning London shahrida joylashgan Queen Mary University of London (QMUL) universiteti  doktorantura bosiqchida o’z tadqiqot ishlarini davom ettirmoqchi bo’lgan chet ellik talabalar uchun RCUK Research Studentships va QMUL Principal’s Postgraduate Research Studentships grant dasturlariga arizalar qabul qilmoqda. Grantlar ushbu universiteting  PhD bosqichi  qabul talablariga javob beruvchi  eng a’lochi va iqtidorli talabalar uchun mo’ljallangan bo’lib, dasturdan asosiy maqsad universitetda o’qish istagidagi, lekin moddiy cheklovlar sababli o’qiy olmasligi mumkin bo’lgan iqtidorli talabalarni moddiy jihatdan q’ollab-quvvatlashdir.

Universitetda o’qitiladigan PhD kurslari haqida batafsil ma’lumot bu yerda keltirilgan.

Grant kimlar uchun?

PhD bosqichida o’qishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

RCUK Research Studentships va QMUL Principal’s Postgraduate Research Studentships grant dasturlari doirasida talaba kontrakt to’lovidan ozod etiladi va unga yiliga 16000 funt sterling miqdorida stipendiya beriladi.

Talablar:

Grant yutib olish uchun quyidagi talablarga eng mos nomzod bo’lish lozim:

  • Nomzod bakalavr yoki magistratura bosqichini imtiyozli diplom bilan yakunlagan bo’lishi lozim.
  • Nomzod QMUL qabul talablariga to’liq javob berishi lozim.
  • Nomzodning o’z sohasi doirasida ish tajribasiga ega ekanligi grant yutish imkoniyatini kengaytiradi.
  • Nomzod PhD ilmiy tadqiqot ishi uchun ilmiy rahbar tanlashi lozim bo’ladi. Ilmiy rahbarlar haqida bu yerda ma’lumotga ega bo’lishingiz mumkin.
  • Nomzoddan ma’lum bir sohaga oid tanlagan Tadqiqot taklifi (Research proposal) ni taqdim etish so’raladi.
  • Doktorantura kurslariga o’qishga qabul qilinish uchun nomzod ingliz tilini yaxshi bilishi kerak. ingliz tili darajasiga talablar turli kurslar uchun turlicha bo’lishi mumkin. Batafsil bu yerda

Dasturga qabul jarayoni:

QMUL Universiteti doktorantura grantarini yutib olish uchun alohida ariza topshirish shart emas, universitet PhD bosqichi uchun onlayn ariza to’ldirib jonatish yetarli.  Ariza bilan bu yerda tanishib chiqishingiz mumkin. Universitet doktorantura kurslariga arizalar 2019-yil 31-yanvarga qadar qabul qilinadi. Bu sanadan keyin topshirilgan arizalar grant uchun ko’rib chiqilmaydi.

Qo’shimcha ma’lumot uchun research-admissions@qmul.ac.uk  elektron manzili yoki +44(0)2078825533 raqamiga murojaat qilishingiz mumkin.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!