×

Buyuk Britaniya: magistraturada o’qish uchun 100% grant!


Grant

MUHLAT

04.06.2019

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Buyuk Britaniya

O'QILGAN

4971 marta

Buyuk Britaniyada joylashgan Queen Mary University of London oliygohi LLM in Energy and Natural Resources Law kursi uchun ajratilgan Queen Mary Norton Rose Fulbright CCLS Scholarship grant uchun arizalar qabul qilinmoqda. Ushbu grant Quvvat va Tabiiy Resurslar Qonunchiligi yo’nalishidagi magistratura kursiga qabul qilingan chet ellik talaba uchun mo’ljallangan. Grant dasturi doirasida dastur tashkilotchilari tomonidan eng munosib deb topilgan bir nafar talaba o’qish uchun grantga ega bo’ladi.

Grant kimlar uchun?

Magistraturada o’qishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Ushbu grant taqdim etilgan talaba LLM in Energy and Natural Resources Law magistratura kursi kontrakt to’lovidan to’liq ozod etiladi. Undan tashqari, talaba grantga hamkorlik qiladigan Norton Rose Fulbright LLP tashkilotida ikki hafta amaliyot o’tashi uchun barcha xarajatlar qoplab beriladi. Ushbu magistratura kursi 1 yil davom etadi. Sirtqi tartibda kurs 2 yil o’qitiladi, lekin grant faqat to’liq stavkadagi kurslar uchun beriladi.

Talablar:

Grant LLM in Energy and Natural Resources Law magistratura kursiga qabul qilingan eng umidli chet ellik talabaga beriladi. Ushbu magistratura kursiga qabul talablari quyidagicha:

  1. Nomzod bakalavr darajasiga ega bo’lishi va baholari yaxshi yoki a’lo bo’lishi kerak.
  2. Nomzod o’qigan bakalavr kursi huquqshunoslik sohasida yoki shu sohaga yaqin yo’nalishda bo’lishi kerak.
  3. Nomzod ingliz tilini kamida C1 darajasida bilishi kerak. Bunda kamida IELTS 7 yoki shunga teng boshqa test natijalari talab qilinadi.

Dasturga qabul jarayoni:

Grant uchun ariza topshirayotganda nomzod oldin kursga hujjat topshirgan bo’lishi va shu vaqtda olgan raqamni grant arizasida ko’rsatishi kerak. Magistratura kursiga hujjatlar 2019-yil 4-iyungacha onlayn tarzda bu yerda qabul qilinadi. Ariza topshirishda kerakli hujjatlar:

  1. CV.
  2. Quyidagi mavzuda motivatsion insho: “Please state the reasons why you are applying for this LLM, why you are interested in energy and natural resources and why you feel we should award you this scholarship” (insho hajmi 500 so’zdan oshmasligi kerak).
  3. Bakalavr bosqichida olingan baholar.

Kursga hujjat topshirayotganda barcha hujjatlar bitta qilib yagona PDF hujjatga keltirilishi va hujjatning nomi sifatida nomzodning ism va familiyasi yozilib, tizimga joylanishi kerak. Bu yerda hujjat topshirish haqida batafsil ma’lumot berilgan. Kursga onlayn arizalar bu yerda qabul qilinadi. Kursga qabul qilingach, nomzodga mahsus raqam beriladi.

Shu raqamni grantga onlayn ariza berishda ko’rsatish shart. Grantga arizalar 2019-yil 2-iyulga qadar qabul qilinadi.

Agar nomzod magistratura kursiga 4-iyungacha hujjat topshirgan bo’lsa ham natija 25-iyungacha chiqmagan bo’lsa, llmscholarships@qmul.ac.uk elektron manziliga murojaat qilishi kerak.

Ma’lumot uchun pglaw-reception@qmul.ac.uk elektron manzili yoki +44 (0)20 7882 8223 raqamiga murojaat qilishingiz mumkin.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!