×

Queen’s University of Belfast: Shimoliy Irlandiyada bakalavr kurslari uchun 50% grant!


Grant

MUHLAT

08.06.2021

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Buyuk Britaniya

O'QILGAN

882 marta

Buyuk Britaniyada joylashgan Queen’s University Belfast universiteti tomonidan taqdim etiladigan Vice-Chancellor’s International Attainment Scholarship grant dasturi uchun arizalar qabul qilinmoqda. Grantlar shu universitet bakalavr kurslariga qabul qilingan xorijlik talabalarga beriladi. Barcha bakalavr kurslari ro’yxati bu yerda ko’rsatilgan.

Grant kimlar uchun?

Bakalavr kurslarida o’qishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Grantni yutib olgan talaba o’qishga kirgan magistratura kursi o’qish to’loviga 50% chegirma qilinadi. Grant 4 (yoki 3 yil) yil davomida har yili berib boriladi. Kontrakt to’lovi haqida

Talablar:

  • Nomzod maktab/kollej/litseyni tamomlagan bo’lishi kerak.
  • Nomzodning baholari yaxshi yoki a’lo bo’lishi kerak.
  • Grantni yutib olish uchun nomzodning akademik va darsdan tashqari yutuqlari hamda motivatsiyasi yuqori darajada bo’lishi zarur.
  • Nomzod ingliz tilini yaxshi bilishi kerak. Til talablari

Dasturga qabul jarayoni:

Grant yutib olish uchun alohida ariza topshirish talab etiladi. 

  1. Avvaliga bu yerda bakalavr kursini tanlab, ariza topshiring. Ariza bu yerda (UCAS tizimi orqali) 2021-yil 15-yanvargacha to’ldiriladi. Universitetga UCAS tizimi emas, ichki ariza tizimi orqali hujjat topshirish ham mumkin. Hujjat topshirish jarayoni haqida bu yerda o’qing.
  2. Kursga hujjat topshirgach, grantga ariza bering. Grantga arizani faqatgina bakalavr kursiga qabul qilinib, talabalikka taklifni qabul qilgandan keyin to’ldirish mumkin. Grantga arizalar bu yerda, 2021-yil 8-iyungacha qabul qilinadi. Grant arizasini to’ldirishda 2 daqiqalik motivatsion video yuklash talab etiladi.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!