×

Rossiya: Mobil Dasturlash Maktabida bepul o’qish imkoniyati


Grant

MUHLAT

06.05.2018

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Rossiya Federatsiyasi

O'QILGAN

6240 marta

Endi “Yandeks”ning bepul mobil dasturlash maktabida O’zbekiston fuqarolari barcha harajatlari qoplangan holda ta’lim olishlari mumkin. O’qish jarayoni Moskva shahrida bo’lib, talabalarga Yandeks kompaniyasining tajribali dasturchilari tomonidan Android dasturlar yaratish boyicha saboq beriladi. O’qish iyul oyida boshlanadi va barcha mashg’ulotlar 19:00 da bo’ladi, bu o’quvchilarga o’qish bilan birga ishlash imkoniyatini ham yaratadi.

Grant kimlar uchun?

Android dasturlashni o’rganmoqchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Yandeks kompaiyasi o’quvchilarning yashash va yo’l xarajatlarini qoplab beradi.

Talablar:

Nomzod quyidagi talablarga mos tushishi kerak:

  1. Maktabda o’qish uchun Java algoritmlari va asosiy ko’nikmalariga ega bo’lishingiz zarur.
  2. Maktabga barcha yoshdagi nomzodlar qabul qilinadi, diplom va shahodatnomalarning ahamiyati yo’q.

Dasturga qabul jarayoni:

Mobil Dasturlash Maktabi kurslariga ariza topshirish uchun:

  1. Anketa to’ldirishingiz kerak.
  2. Ariza topshirish jarayonida sizga topshiriq beriladi va ko’rsatilgan skrinshot va izohlardan kelib chiqqan holda sodda mobil dastur- galereya yaratishingiz kerak bo’ladi.
  3. Topshiriqni bajarganingizdan so’ng sistema sizga algoritmlar bo’yicha musobaqada ishtirok etishni taklif qiladi. Bu ixtiyoriy bo’lsa-da, yuqori natijalar sizga qo’shimcha ball olib keladi.

Qo’shimcha ma’lumot

  • Mashg’ulotlar oldidan Mobil Dasturlash Maktabi kurslarida 2016 va 2017-yillarda o’tilgan ma’ruzalar bilan tanishib chiqishingiz tavsiya etiladi. Ma’ruzalar SHU YERDA.
  • Java dasturlash tili bo’yicha boshlang’ich bilimlaringizni takrorlab olish uchun mahsus videodarslardan foydalanshingiz mumkin. Videodarslar SHU YERDA.
  • Java dasturini chuqurroq o’rganish uchun ham maxsus videodarslar mavjud. Ushbu darslar SHU YERDA.
  • Shuningdek, algoritmlar bo’yicha maxsus kurs sizga yordam beradi. Kusr SHU YERDA.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!