×

Radboud Encouragement Scholarship: Gollandiyada magistraturani oʻqish uchun toʻliq grant va stipendiya!


Grant

MUHLAT

31.01.2024

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Gollandiya

O'QILGAN

8492 marta

Gollandiyada joylashgan Radboud universiteti magistraturada oʻqishni xohlovchi nomzodlarga Radboud Encouragement Scholarship grant dasturini taklif etadi. Grantlar Radboud universitetida ingliz tilida oʻtiladigan magistratura kurslarida o’qish uchun Yevropa Ittifoqi va Yevropa Iqtisodiy Hududiga kirmaydigan davlatlar fuqarolariga beriladi. Grantlarni Erasmus Mundus magistrlik dasturlari va qoʻshma magistratura dasturlaridan boshqa istalgan ingliz tilidagi magistratura kursi uchun yutib olish mumkin.

2024-2025-oʻquv yiliga qabul jarayonida quyidagi fakultetlar uchun jami 13 ta grant ajratiladi:

  • Faculty of Arts – 1 ta
  • Faculty of Medical Sciences – 8 ta
  • Nijmegen School of Management – 1 ta
  • Faculty of Philosophy, Theology and Religious Studies – 1 ta
  • Faculty of Science – 1 ta
  • Faculty of Social Sciences – 1 ta

Grantlar 2024-yil 1-sentabrdan oʻqishni boshlash uchun taqdim etiladi.

Ingliz tilida oʻqitiladigan magistratura kurslari roʻyxati

Grant kimlar uchun?

Magistraturada oʻqishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Grant yutib olgan talabaga quyidagi iqtisodiy imtiyozlar taqdim etiladi.

  • Kontrakt summasidan toʻliq ozod etiladi.
  • Yashash xarajatlari uchun yiliga 11 520 yevro stipendiya beriladi.
  • Viza, yashash ruxsati, tibbiy va javobgarlik sugʻurtasi xarajatlari ham qoplanadi.

Gollandiyada yashash xarajatlari haqida ma’lumot bu yerda koʻrsatilgan.

Universitetda 1 yillik va 2 yillik magistrlik dasturlari mavjud. Grant yutgan talaba 2 yillik magistratura kursiga kirgan boʻlsa, grant keyingi yili ham berilishi uchun 1 yildagi barcha fanlardan muvaffaqiyatli oʻtishi kerak.

Talablar:

Nomzodga qoʻyilgan talablar quyidagilardan iborat:

  • Yevropa Ittifoqi yoki Yevropa iqtisodiy hududidagi davlat fuqarosi boʻlmaslik (pasportiga ega boʻlmaslik) kerak.
  • Biror boshqa sababga koʻra, Yevropa Ittifoqi davlatlari fuqarolari uchun belgilangan arzonlashtirilgan kontrakt summasini toʻlash huquqiga ega boʻlmasligi kerak.
  • Radboud universitetidagi oʻqish xarajatlarini qoplash uchun yetarli mablagʻga, grant yoki kredit summasini olish imkoniga ega boʻlmaslik kerak.
  • Bakalavrlik darajasini Gollandiyadan tashqaridagi universitetda olgan boʻlishi / olishi kerak. Shuningdek, Gollandiyada bundan avval oʻqigan va ilmiy daraja olgan boʻlmasligi kerak (almashinuv dasturi orqali Gollandiyada maʼlum muddat oʻqigan talabalar grantni qoʻlga kirita oladi).
  • Nomzod oʻzi tanlagan magistrlik kursining ingliz tili darajasi talabiga mos boʻlishi kerak.
  • 2024-yil 1-sentabrdan boshlanadigan ingliz tilidagi magistrlik kurslaridan biriga hujjat topshirib, toʻliq qabul qilinishi va qabul xatini olishi kerak.
  • Gollandiya vizasini olish talablariga javob berishi kerak.
  • Grant mablagʻi bilan moliyalashtiriladigan davr davomida magistrlik kursida kunduzgi taʼlim (full-time) shaklida oʻqishi kerak.

Nomzodlar quyidagi mezonlar asosida saralanadi:

  • Akademik salohiyat:
    – Oʻzi oʻqiydigan / oʻqigan taʼlim sohasidagi natjalar, masalan, baholar, test ballari, nashrlar.
    – Bundan oldin olingan ilmiy darajaning tanlangan magistrlik dasturiga aloqadorligi.
    – Nomzodning bundan oldingi ilmiy darajasi (darajalari) olingan universitetning reytingi.
  • Ambitsiya:
    – Magistrlik dasturi va grant uchun topshirilgan motivatsiya xatlarining sifati va dolzarbligi.
    – Umidli va istiqbolli ekanlik, bu oldingiz yutuqlar, tegishli taʼlim sohasidagi faoliyat va ishlar asosida baholanadi.
    – Amaliyot va volontyorlik kabi hayotiy tajriba va/yoki oʻqishdan tashqari mashgʻulotlar.
  • Taviyanomalar:
    – 2 ta tavsiyanomaning sifati; tavsiyanomalarda nomzodning akademik salohiyatini ochib berilsa, maqsadga muvofiq boʻladi. Tavsiyonamalarni qanday yozish boʻyicha ushbu qoʻllanman. koʻrib chiqing.
  • Motivatsiya:
    – Grant uchun yozilgan motivatsiya xati magistrlik dasturiga ariza topshirishda taqdim etilgan motivatsiya xatidan boshqa boʻlishi kerak. Unda Radboud universitetida oʻqiy olishingiz uchun nega ushbu grant sizga kerakligini tushuntirish kerak boʻladi.

Ayrim fakultetlar nomzodlarni saralashda qoʻshimcha ravishda oʻz mezonlariga ham tayanishi mumkin, ayrim magistrlik dasturlari esa nomzodlar bilan intervyu qilishni soʻrashi mumkin.

Dasturga qabul jarayoni:

Arizalar 2024-yil 31-yanvargacha qabul qilinadi. Ushbu grantga nomzodlar tanlangan magistrlik dasturiga OSIRIS ariza tizimi orqali ariza topshirayotganda oʻz arizasida Radboud Encouragement Scholarship dasturiga ham ariza topshirishni xohlashini koʻrsatishi kerak. Shundan soʻng nomzoddan grant uchun quyidagi hujjatlarni yuklash soʻraladi:

  • 2 ta tavsiyanoma.
  • CV.
  • Grant uchun motivatsiya xati.

Magistratura dasturi uchun topshirilgan (tizimga yuklangan) tavsiyanomalar va CVni grant uchun ham topshirish mumkin. Lekin motivatsiya xati magistrlik dasturiga topshirilgan motuvatsiya xatidan boshqa boʻlishi kerak.

Magistrlik dasturiga ariza topshirish jarayoni haqida BU YERDA batafsil tanishing.

Magistrlik dasturiga qabul qilish va grant taqdim etish bir-biridan alohida jarayondir: magistrlik dasturiga qabul qilinishingiz grantni qoʻlga kiritganingizni anglatmaydi.

Grantga berilgan arizalarning natijalar 2024-yil aprel oyi oʻrtalarida eʼlon qilinadi (bu muddat bir oz oʻzgarishi mumkin).

MUHIM: Ariza topshirishdan oldin grant haqidagi rasmiy eʼlon bilan batafsil tanishib chiqing.

Grant yuzasidan savollaringiz boʻlsa, scholarships@ru.nl elektron manziliga murojaat qilishingiz mumkin.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!