Gollandiyada joylashgan Radboud universitetining ingliz tilida o’qitiladigan magistratura kurslari uchun ajratilgan Radboud Scholarship Programme grant dasturiga arizalar qabul qilinmoqda. ushbu grant dasturi iqtidorli va bilimga chanqoq chet ellik talabalarni moddiy jihatdan qo’llab-quvvatlash uchun ajratilgan. Har yili taxminan 30 nafar talabaga Radbound universiteti grantini yutib oladi. Quyidagi magistratura kurslariga grant yutib olish mumkin:
- Historical, Literary and Cultural Studies
- Linguistics and Communication Sciences
- International and European Law
- Biomedical Sciences
- Molecular Mechanisms of Disease
- Philosophy
- Biology
- Chemistry
- Computing Science
- Mathematics
- Medical Biology
- Molecular Life Sciences
- Physics & Astronomy
- Science
- Artificial Intelligence
- Behavioural Science
- Cognitive Neuroscience
- Social and Cultural Science.
Grant kimlar uchun?
Magistraturada o’qishni xohlovchilar uchun
Batafsil ma'lumot uchun link
Grantning manfaatli jihatlari:
Ushbu grant dasturi doirasida moddiy yengillik yaratilgan talabalarga quyidagi imkoniyatlar yaratib beriladi:
- Talabaning kontrakt miqdori qancha bo’lishidan qat’iy nazar, uning 2078 yevro miqdoriga tushiriladi. Ya’ni, talaba to’lashi kerak bo’lgan yillik kontrakt miqdori 12 ming 640 yevro bo’lsa, talaba yiliga atigi 2078 yevro kontrakt to’laydi.
- Talabaning viza va sug’urta xarajatlari qoplab beriladi.
Grant boshqa turdagi moddiy ta’minotni o’z ichiga olmaydi. Bir nafar xorijlik talabaning Gollandiyada bir yil yashashi uchun ketadigan xarajatlar grant qoplayotgan xarajatni ayirib tashlanganda ham taxminan 11000 yevroga teng. Gollandiyada yashash xarajatlari haqida batafsil ma’lumot bilan bu yerda tanishing.
Talablar:
Grant quyidagi talablarga eng mos nomzodlarga beriladi:
- Nomzod Yevropa Ittifoqi yoki Yevropa Iqtisodiy Hududiga kirmaydigan davlat fuqarosi bo’lishi kerak.
- Nomzod bakalavr diplomiga ega bo’lishi yoki bakalavr kursini tamomlayotgan bo’lishi kerak. U hayoti davomida hech qachon Gollandiyada o’qimagan bo’lishi zarur.
- Nomzod ingliz tilini a’lo darajada bilishi kerak.
- Nomzod Radboud universitetdagi ingliz tilida o’qitiladigan va 2019-yil sentabrda boshlanadigan magistratura kurslaridan biriga o’qishga qabul qilingan bo’lishi zarur.
- Nomzod Gollandiyaga viza olish imkoniga ega bo’lishi lozim.
Dasturga qabul jarayoni:
Grant uchun alohida hujjat topshirish shart emas. Magistratura kursiga ariza topshirish vaqtida grant yutib olish haqidagi bandda shu grantga ham ariza berish tanlanadi va sizdan kursga qabul uchun so’ralgan hujjatlarga qo’shimcha tarzda CV va ikkita tavsiyanoma taqdim etish so’raladi.
Nomzodlar a’lo baholari, namunali tavsiyanomalar, motivatsion xat va iqtidorlariga asosan saralanadilar, natijalar 2019-yil may oyi o’rtalarida e’lon qilinadi.
Ma’lumot uchun rsp@io.ru.nl elektron manziliga murojaat qilishingiz mumkin.