×

Rassomlar uchun Jackson’s Painting Prize tanlovi: mukofot – 6000 funt sterling!


Grant

MUHLAT

02.03.2021

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Onlayn

O'QILGAN

3012 marta

Jankson’s Art Supplies tomonidan tashkil etilgan Jackson’s Painting Prize rassomchilik tanloviga arizalar -dekabrdan boshlab qabul qilinadi. Tanlovning maqsadi iqtidorli rassomlarni e’tirof etib, ularga ijodlarini rivojlantirish uchun kerakli resurslarni taqdim etish. 

Tanlovda ishtirok etish uchun tanlov yo’nalishlariga mos bo’lgan, kanvasning eng uzun tomoni 120 santimetrdan oshmagan surat chizish kerak. Suratlar tekis yuzaga chizilgan 2D asarlar bo’lishi zarur. Tanlovda quyidagi 6 yo’nalishda chizilgan suratlar qabil qilinadi:

  • Hayvonlar
  • Portret yoki gavda
  • Shahar, dengiz yoki boshqa yer manzarasi
  • Natyurmort yoki o’simliklar
  • Abstrakt
  • Har kunlik hayot manzaralari.

Tanlov g’oliblari taniqli rassomlardan tuzilgan hay’at jamoasi tomonidan aniqlanadi. Hay’at a’zolari haqida batafsil ma’lumotni bu yerdan olishingiz mumkin. G’olib deb topilgan suratlar xalqaro ko’rgazmada namoyish etiladi. Tanlovda shu vaqtgacha g’olib deb topilgan suratlar bilan bu yerda tanishing.

Grant kimlar uchun?

Rassomlar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

  • Jackson’s Painting Prize (bosh sovrin): 6000 funt sterling.
  • Emerging Artist Award: 1000 funt sterling.
  • Outstanding Watercolor Award: Jackson’s Art Supplies mahsulotlari uchun 500 funt sterling vaucher.
  • People’s Choice Award: Jackson’s Art Supplies mahsulotlari uchun 500 funt sterling vaucher.
  • Kategoriyalar bo’yicha 6 nafar g’olibning har biriga: 500 funt sterling.

G’olib suratlar Buyuk Britaniyada o’tkaziladigan Affordable Art Fair Hampstead ko’rgazmasiga qo’yiladi.

Talablar:

  • Bitta ishtirokchi 5 tagacha surat bilan ishtirok etishi mumkin.
  • Muallif tanlovga topshirilgan suratga egalik qilishi shart. Muallif chizgan, ammo sotib yuborilgan suratlar tanlovga qabul qilinmaydi. Agar shunday surat g’olib bo’lsa, muallif unga egalik qilishini isbotlashi kerak bo’ladi.
  • Tanlovga bir nechta rassom tomonidan chizilgan suratlarni ham topshirish mumkin.
  • Tanlovga topshirilgan surat ilgari tanlovlarga topshirilmagan va taqdirlanmagan bo’lishi lozim.
  • 3D shakldagi, ya’ni an’anaviy tekis yuzaga chizilmagan suratlar tanlovga qabul qilinmaydi. Suratda loy va boshqa bo’rtib chiqadigan bezaklardan foydalanilishi mumkin, ammo suratning o’zi to’liq 3D obyekt bo’lmasligi kerak.
  • Barcha qoidalar bilan batafsil tanishish va savollaringizga javob olish uchun bu yerga bosing.

Dasturga qabul jarayoni:

Arizalar 1-dekabrdan boshlab qabul qilinadi. Hujjat topshirishning so’nggi kuni – 2021-yil 2-mart. Arizalar bu yerda 1-dekabrdan boshlab topshirilishi mumkin.

Ishtirok etish uchun chizilgan suratni fotoapparat yoki mobil qurilma orqali yuqori sifat bilan suratga tushiring. Fotosuratni JPEG, JPG, TIFF yoki PNG formatida saqlab qo’ying. Fotosurat hajmini 3 MBgacha kichraytiring. Fotosurat fonida devor, hoshiya va boshqa har qanday obyektlar ko’rinmasligi shart, aks holda surat tanlovdan chetlatiladi. 

Tanlov tashkilotchilariga murojaat qilish uchun bu yerga bosing. Savollaringiz bo’lsa, ko’p so’raladigan savollarga berilgan javoblar bilan tanishib chiqishingiz mumkin.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!