Buyuk Britaniyaning Reding shahrida joylashgan Reding universiteti – University of Reading 2019-yilning oktyabr oyida boshlanadigan tabiiy, hayot haqidagi fanlar, ijtimoiy va gumanitar fanlar boʻyicha PhD stipendiya dasturiga arizalar qabul qilishni boshladi. Ushbu stipendiya dasturi uch yilgacha moʻljallangan va 7 nafar nomzodga grant ajratilishi rejalashtirilgan.
Grant kimlar uchun?
PhD bosqichida oʻqishni xohlovchilar uchun
Batafsil ma'lumot uchun link
Grantning manfaatli jihatlari:
Grant yutib olgan nomzodlarga esa quyidagi imkoniyatlar yaratib beriladi:
- Oʻqish puli toʻliq qoplanadi.
- Uch yilgacha yashash va turar joy xarajatlari uchun yiliga 14 777 funt-sterling miqdordagi stipendiya beriladi.
- Uch yil muddatda yiliga 1000 funt-sterling hajmda kerakli anjom-jihozlar uchun mablagʻ ajratiladi.
Stipendiya dasturi doirasida nomzodlarga talablar haqida: SHU YERDA tanishing.
Talablar:
Stipendiya dasturi uchun nomzodga qoʻyilgan talablar quyidagicha:
- Yevropa Ittifoqi va Buyuk Britaniyalik boʻlmagan barcha davlatlar fuqarolari ariza topshirish huquqiga ega.
- Nomzod oʻzi tanlagan mutaxassislik boʻyicha talab qilingan ingliz tilini egallaganlik darajasiga mos boʻlishi lozim (odatda IELTS 7.0 va yuqori).
- Magistr darajasiga ega boʻlishi kerak.
- Reding universiteti kampuslaridan birida yashashga tayyor boʻlishi lozim.
Nomzodlar tadqiqotchilik iqtidori, akademik yutuqlari, ilmiy salohiyati va layoqatliligi kabi mezonlarga koʻra saralanadi.
Dasturga qabul jarayoni:
Hujjatlar 2019-yil 31-yanvarga qadar qabul qilinadi.
- Dastlab, tanlagan sohangiz boʻyicha boʻlim direktoriga murojaat qilish kerak. Direktor sizning ilmiy faoliyatingizni nazorat qilishi va ilmiy rahbat tanlashda ishtirok etishi mumkin. Boʻlim direktorlari haqida maʼlumot: SHU YERDA.
- Oʻqishga qabul haqida ariza. Arizangiz 2019-yil oktyabr oyiga qadar qabl qilinishi kerak. Onlayn-ariza topshirayotganda moliyalashtirish boʻlimidan “International Research Studentship Competition” dasturini belgilash kerak, shundagina sizning arizangiz stipendiya komissiyasi tomonidan koʻriladi. Universitetga ariza topshirish tartibi haqida batafsil: SHU YERDA. Onlayn-ariza berish: SHU YERDA.
- 700 ta soʻzdan oshmagan tadqiqot gʻoyasi taqdim etish lozim. Tadqiqot gʻoyasini qanday yozish haqida Aspirantura/doktorantura boʻlimi rahbariyati yoki rahbaringiz bilan maslahatlashish mumkin. Misol: SHU YERDA.
- Nomzodlar oʻzlari tanlagan mutaxassislik uchun qabul qilingan barcha talablarga toʻliq mos boʻlishlari lozim.
Natijalarning eʼlon qilinishi
Saralashdan oʻtgan nomzodlar boʻyicha natijalar 2019-yil 17-maygacha eʼlon qilinadi.
Qoʻshimcha maʼlumot uchun: Trica Burgess, trica.burgess@reading.ac.uk.