×

Reagan-Fascell Democracy Fellows Program: AQShda demokratiyani rivojlantirish boʻyicha 5 oylik amaliyot dasturi; barcha xarajatlar qoplanadi


Grant

MUHLAT

31.10.2023

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

AQSh

O'QILGAN

3416 marta

Reagan-Fascell Democracy Fellows dasturi – moliyalashtiriladigan xalqaro almashinuv dasturi bo’lib, u demokratiya faollari, jurnalistlar, fuqarolik jamiyati yetakchilari va olimlarga 5 oy davomida ma’lum bir mamlakat yoki hududda demokratiya boʻyicha mustaqil tadqiqotlar olib borish uchun Vashingtondagi National Endowment for Democracy (NED) markazida faoliyat yuritish imkoniyatini beradi. Jahon demokratik o’zgarishlarini tahlil qilishning yetakchi markazi bo’lgan NEDning International Forum For Democratic Studies tarkibidagi bu dastur bilim almashish va malaka oshirish uchun boy intellektga ega jamoaviy muhitni ta’minlaydi.

Dasturga amaliyotchi sifatida yoki olim (tadqiqotchi) sifatida ariza topshirish mumkin.

Dastur amaliyotchilarga chet elda demokratiyani shakllantirish strategiyasi va texnikasini takomillashtirishi uchun, olimlar uchun esa nashr qilinadigan tadqiqotlar o’tkazish uchun besh oylik stipendiyani taklif etadi.

Hozirda ushbu dasturning 2024-2025-yilgi mavsumiga arizalar qabul qilinmoqda.

Grant kimlar uchun?

Demokratiya faollari, jurnalistlar, fuqarolik jamiyati yetakchilari va olimlar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Dasturga qabul qilinganlar quyidagi imtiyozlar bilan taʼminlanadi:

  • Dastur mashg’ulotlari, seminarlar, turli diqqatga sazovor joylarga sayohatlar, ziyofatlar va h.k.lar qoplab beriladi.
  • Dastur xarajatlari to’liq (yashash, ovqatlanish, AQSHga borish va qaytish uchun chipta, so’g’liq uchun sug’urta va boshqalar) qoplanadi.
  • Tadqiqot davomida tanqidiy yordam berish uchun mutaxassislar biriktiriladi. Ular demokratiya nazariyasi va amaliyoti, yozma va tahririy yordam ko’rsatish, targ’ibot ishlarini osonlashtirish, jamoatchilik taqdimotlarini tayyorlash va kuzatish kabi masalalarda yordam ko’rsatishadi.
  • Demokratik manbalar markazidan foydalanish imkoni boʻladi.
  • Nomzodning oila a’zolari ham nomzod bilan borishlari mumkin, biroq ular uchun xarajatlar qoplanmaydi.

Talablar:

Nomzod quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  • Ingliz tilini yaxshi bilishi lozim.
  • Demokatik rivojlanishning siyosiy, sotsiologik, iqtisodiy, huquqiy yoki madaniy jabhalariga oid loyiha taqdim etilishi kerak.
  • Vashingtondagi International Forum for Democratic Studies rezidensiysida 5 oylik amaliyot davrida (1-oktyabrdan 28-fevralgacha yoki 1-martdan 31-iyulgacha) yashashi kerak. Bu vaqtda boshqa stipendiya olishi yoki ishlashi mumkin emas.
  • Nomzod J-1, hamrohlik qilayotgan oila a’zolari esa J-2 vizasini olishlari shart. Viza haqida batafsil rasmiy havolada tarnishing.
  • Amaliyotchi nomzodlar: demokratiya yoki inson huquqlarini targ’ib qilish bo’yicha yuqori tajribaga ega bo’lishi, karyerasining oʻrta bosqichidagi shaxslar boʻlishi kerak.
  • Ilmiy yo’nalishdagi nomzodlar: doktorlik, fan nomzodi yoki shunga teng keluvchi ilmiy darajaga ega bo’lishi shart. O’z sohasidagi taqdqiqotlar bo’yicha nashriyot ishlari bo’lishi kerak. Rejalashtirilgan tadqiqot loyihasi bo’lishi kerak.

Dasturga qabul jarayoni:

Grant uchun arizalarni onlayn qabul qilish 2023-yilning 31-oktabrigacha davom etadi.

Ariza topshirmoqchi boʻlganlar bu yerda ro’yxatdan o’tib hisob yaratishingiz va oʻz hujjatlarini ingliz tilida ilova qilishi kerak. Qanday hisob yaratish haqidagi qoʻllanmani BU YERDAN topasiz. Nomzoddan quyidagi hujjatlarni topshirish soʻraladi:

  • Nomzod haqida ma’lumot.
  • Amaliyot yoki ilmiy ish uchun taklif qilinadigan loyiha.
  • Tavsiyanomalar.
  • CV / rezyume va biografiya.

MUHIM: Ariza topshirishga kirishishdan oldin dastur haqidagi rasmiy eʼlon bilan batafsil tanishib chiqing.

Qo’shimcha savollar uchun fellowships@ned.org elektron manziliga murojaat qilishingiz mumkin.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!