×

Reckitt – Fight for Access Scholarship: Tokiodagi 4 kunlik sammitda qatnashish uchun toʻliq grant!


Grant

MUHLAT

20.12.2021

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Yaponiya

O'QILGAN

2053 marta

Har yili oʻtkaziladigan One Young World sammiti ijtimoiy taʼsirni tezlashtirish ustida ish olib borayotgan barcha mamlakatlar va sohalardan boʻlgan yorqin iqtidorlarni toʻplaydi.

2022-yildagi One Young World sammiti Yaponiya poytaxti Tokioda, 16-19-may kunlari boʻlib oʻtadi va unda 2000 dan ortiq yetakchi yoshlar qatnashishi rejalashtirilgan. Delegatlar (ishtirokchilar) nutqlar, muhokama forumlari, netvorking va seminarlardan iborat 4 kunlik tadbirlarda qatnashadi.

Reckitt tashkiloti ushbu sammitda qatnashish istagida boʻlgan yetakchi yoshlarga Reckitt – Fight for Access Scholarship 2022 grantlarini taklif etmoqda.

Reckitt tashkiloti tozaroq va sogʻlomroq dunyoni muntazam ravishda himoya qilish, unga malham boʻlish va shakllantirishni oʻz oldiga maqsad qilib qoʻygan. Tashkilot yuqori sifatli gigiyena, salomatlik va oziqlanish imkoniga imtiyoz sifatida emas, huquq sifatida ega boʻlinishi uchun kurashadi.

Reckitt faoliyatining asosiy eʼtibori quyidagi ustuvor sohalarga qaratilgan:

  • Toza suv, gigiena va sanitariya
  • Jinsiy huquqlar va tenglik
  • Ona va bola salomatligi

Tashkilot ushbu sohalardagi ijobiy taʼsirni oshirish uchun boshqa shaxslar va tashkilotlar bilan hamkorlik qiishga intiladi, bu missiyada yosh yetakchilar muhim hamkor ekanligini qayd etadi. Shu sababli ushbu sohalardagi yosh yetakchilar uchun One Young World sammita qatnashish imkonini beruvchi grantlarni eʼlon qilgan. Grant sohiblari Reckitt delegatsiyasining tarkibiy qismiga aylanadi. Grant gʻoliblari sammitda qatnashishdan tashqari, eksklyuziv Reckitt dasturlarida qatnashish va tashkilotdagi tengdosh hamda katta yetakchilar bilan munosabat oʻrnatish imkoniga ega boʻladi.

Grant kimlar uchun?

18-30 yoshlilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Ushbu grantga munosib deb topilgan nomzodlar quyidagi imtiyozlar bilan taʼminlanadi:

  • 2022-yil, 16-19-may kunlari Tokioda boʻlib oʻtadigan One Young World sammtida ishtirok etish imkoniyati.
  • 2022-yil 15-19-may kunlari Tokioda mehmonxona bilan taʼminlanadi.
  • Tokioga borish va kelish uchun aviachipta beriladi (ekonom-klass).
  • Nonushta, tushlik va kechki ovqat taʼminlanadi.
  • Sammit turar joyi va Sammit oʻtkaziladigan joy oʻrtasidagi qatnov uchun transport taʼminlanadi.
  • Sammitdan oldingiz va keyingi Reckitt dasturlarida qatnashish imkoniga ega boʻladi.

Talablar:

Nomzodga qoʻyilgan talablar quyidagilardan iborat:

  • 18-30 yosh orasida boʻlish kerak.
  • Yetakchilik va innovatsiyalar tashabbusi tajribasiga ega boʻlish kerak.
  • Reckitt tashkilotining ijtimoiy sarmoyalar uchun quyidagi ustuvor sohalaridan birida yoki bir nechtasida oʻz taʼsiri / hissasiga ega boʻlish kerak:
    – Toza suv, gigiyena va sanitariya.
    – Jinsiy huquqlar va tenglik.
    – Ona va bola salomatligi.
  • Yuqorida koʻrsatilgan sohalardan biriga urgʻu beruvchi notijorat tashkilotlar, ijtimoiy tadbirkorlik subyektlari / kampaniyalari yoki tashabbuslarida rahbar yoxud boshqaruvchi vazifasini bajaruvchilar ushbu grant uchun mukammal nomzod hisoblanadi.
  • Nomzodlar sammitda va sammitga oid boshqa Reckitt dasturlarida Reckitt delegatlari bilan toʻliq qatnashishga tayyor boʻlishi lozim.

Shuningdek, nomzodlar ingliz tilini yetarli darajada bilishi kerak (sammit ingliz tilida bo’ladi).

Dasturga qabul jarayoni:

Grantga arizalar 2021-yil 20-dekabrga qadar onlayn tarzda BU YERDA topshiriladi. Ariza shaklida nomzodlar kerakli maʼlumotlarni kiritishi va bir nechta savollarga 200 soʻzdan oshmagan javoblar yozishi kerak.

MUHIM: Ariza topshirishga kirishishdan oldin grant haqidagi rasmiy maʼlumot bilan batafsil tanishib chiqing.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!