×

Red Bull Illume Image Quest 2021: sport mashg’ulotlari tushirilgan suratlar uchun tanlov; mukofot jamg’armasi – 100 000 yevro!


Grant

MUHLAT

31.07.2021

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Onlayn

O'QILGAN

1686 marta

Suratkashlar uchun Red Bull Illume Image Quest 2021 fotosuratlar tanloviga arizalar qabul qilish boshlandi. Tanlovga harakat va sarguzasht (action and adventure) sport mashg’ulotlarini ifodalagan suratlar qabul qilinadi. Ushbu tanlov sarguzasht sport turlari suratkashligi uchun eng nufuzli tanlovlardan hisoblanadi va g’oliblar katta mukofot, butun dunyo bo’ylab juda qamrovli tomoshabinlar e’tiboriga sazovor bo’ladi.

Tanlovga sarguzasht va harakat (adventure and action sports) mavzusini saqlagan holda, quyidagi yo’nalishlar bo’yicha fotosuratlar yuborishingiz mumkin:

  1. Best of Instagram – Instagram tarmog’iga suratkash tomonidan joylangan suratlar uchun
  2. Creative – suratga tushirish yoki tahrirlash jarayonida turli usullarda o’zgartirish kiritilgan suratlar uchun
  3. Emerging – 25 yoshgacha bo’lgan suratkashlar uchun
  4. Energy – sarguzasht sportlari bilan shug’ullanishda kerakli shiddat, kuch va tezlikni ifodalagan suratlar uchun
  5. Innovation – tasviriy jihatdan yangilik kiritilgan, o’ziga hos usulda tushirilgan suratlar uchun
  6. Lifestyle – sarguzasht sportlari bilan shug’ullanishda kechiriladigan hayot tarzi ko’rsatilgan suratlar uchun
  7. Masterpiece – suratkashning o’zi uchun eng yaxshi hisoblab, jo’natilgan suratlari uchun
  8. Playground – sarguzasht sportlari bilan shug’ullanish uchun tayyorlangan hududlar ko’rsatilgan suratlar uchun.
  9. Photo Story – 30 soniyadan 3 daqiqagacha bo’lgan vaqt ichida slayd shou ko’rinishida jamlangan suratlar seriyasi uchun. Bunda vaziyat va voqeani bir suratda ifodalashning imkoni yo’qligi sezilib turishi kerak.
  10. Raw – suratga tushirilganidan keyin hech qanday o’zgartirish kiritilmagan va ishlov berilmagan suratlar uchun. Har bir yo’nalishda g’olib chiqqan suratlar galereyasi bilan bu yerda

Tanlovda barcha ishtirok etishi mumkin. Yosh va tajriba darajasiga chegara yo’q.

Grant kimlar uchun?

Barcha uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Tanlovda 56 nafar g’olib va bitta bosh sovrin egasi aniqlanadi. Barcha g’oliblar noyabr oyida bo’lib o’tadigan taqdirlash marosimida ishtirok etadi.

Tanlov mukofot jamg’armasi 100 000 yevrodan ziyod. G’oliblarga qimmatbaho qurilmalar va sovg’alar beriladi. Mukofotlar sirasiga Lenovo, SanDisk, Leica va COOPH mahsulotlari ham kiradi.

Talablar:

  • Bitta ishtirokchi bitta suratni 2 tagacha yo’nalish uchun topshirishi, bitta yo’nalish uchun 10 tagacha fotosurat topshirishi mumkin.
  • Topshirilgan suratning o’lchami kamida 12 megapiksel, formati TIFF, JPG, hajmi 15 MBgacha bo’lishi zarur.
  • Tanlovda tajriba darajasi, yoshi va fuqaroligidan qat’i nazar barcha ishtirok etishi mumkin.
  • Tanlovda ishtirok etishning huquqiy va texnik talablari bilan bu yerda batafsil tanishishingiz mumkin.

Dasturga qabul jarayoni:

Tanlovda 31-iyulgacha qatnashish mumkin. Ariza bu yerda to’ldiriladi. Hujjat topshirish jarayoni bu yerda batafsil ko’rsatilgan. Savollaringiz bo’lsa, savol-javoblar bilan tanishib chiqishingiz mumkin.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!