×

Research in Industrial Projects for Students: talabalar uchun AQShda amaliyot dasturi – bepul yotoqxona va 3500 dollar stipendiya!


Grant

MUHLAT

12.02.2021

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

AQSh

O'QILGAN

2931 marta

Talabalar uchun Research in Industrial Projects for Students dasturiga arizalar qabul qilinmoqda. Dastur oliy ta’lim muassasalari bakalavr kurslarida matematika va kompyuter fanlari yo’nalishlarida tahsil olayotgan talabalar uchun mo’ljallangan. RIPS amaliyot dasturi 2021-yil 21-iyundan 20-avgustgacha 9 hafta davom etadi. Ishtirokchilar guruhlarda ishlab, turli muammolarga o’z bilimlaridan kelib chiqib yechim izlaydilar. Dastur yakunida ishlab chiqilgan yechimlar taqdim etiladi. 

Dasturga bakalavr kursini hali tamomlamagan va matematika, dasturlash kabilarning real hayot muammolarini yechishdagi o’rnini chuqurroq o’rganishga qiziquvchi talabalar hujjat topshirishlari mumkin. Mashg’ulotlar Los Anjelesdagi Kaliforniya Universitetida bo’lib o’tadi.

Grant kimlar uchun?

Bakalavr bosqichi talabalari uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

O’quvchilar turar joy, oziq-ovqat, yo’l xarajatlari uchun mablag’ va 9 hafta uchun jami 3500 AQSh dollari stipendiya bilan ta’minlanadi. 

Nomzodga talablar

  • Nomzod bakalavr kursi talabasi bo’lishi lozim.
  • Nomzod matematika, statistika, ma’lumot (data science) va kompyuter fanlarini yaxshi bilishi kerak.
  • Nomzod ingliz tilini yaxshi bilishi zarur.

Talablar:

Dasturda ishtirok etish uchun 2021-yil 12-fevralgacha bu yerda ariza topshiring. Hujjat topshirish yo’riqnomasi bu yerda ko’rsatilgan.

Ariza berishda baholar, CV va ikkita tavsiyanoma talab etiladi. Murojaat uchun rips@ipam.ucla.edu manziliga e-mail yuboring. 

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!