O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 33 yilligi munosabati bilan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi hamda Vazirlik va idoralar hamkorligida ijodkorlar o‘rtasida Respublika ko‘rik-tanlovi e’lon qilindi.
Mazkur tanlov quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha bo‘lib o‘tadi:
- “Eng yaxshi vatanparvarlik ruhidagi videorolik”
- “Eng yaxshi vatanparvarlik ruhidagi qo‘shiq”
- “Vatanni madh etuvchi eng yaxshi she’r”
Tanlov 2 bosqichda boʻlib oʻtadi:
- 1. Hududiy boschiq joriy yilning 30-avgustiga qadar.
- 2. Respublika bosqichi 15-sentabrga qadar.
Grant kimlar uchun?
Kamida 18 yosh boʻlgan barcha ijodkorlar uchun
Batafsil ma'lumot uchun link
Grantning manfaatli jihatlari:
Baholash natijalari bo‘yicha g‘oliblar quyidagicha taqdirlanadi:
“Eng yaxshi vatanparvarlik ruhidagi qo‘shiq”
- 1-o‘rin — 50 000 000 so‘m;
- 2-o‘rin — 30 000 000 so‘m;
- 3-o‘rin — 20 000 000 so‘m.
“Eng yaxshi vatanparvarlik ruhidagi videorolik”
- 1-o‘rin — 30 000 000 so‘m;
- 2-o‘rin — 20 000 000 so‘m;
- 3-o‘rin — 10 000 000 so‘m.
“Vatanni madh etuvchi eng yaxshi she’r”
- 1-o‘rin — 20 000 000 so‘m;
- 2-o‘rin — 10 000 000 so‘m;
- 3-o‘rin — 5 000 000 so‘m.
Talablar:
Tanlovda 18 yoshdan boshlab barcha ijodkorlar ishtirok etishi mumkin.
Dasturga qabul jarayoni:
Hududiy bosqich uchun ishlar 2024-yil 30-avugustgacha, respublika bosqichi uchun ishlar 2024-yil 15-sentabrgacha topshirilishi kerak.
Ijodiy ishlar Telegram orqali ManaviyatTanlovlar_bot manziliga yuborilishi kerak.
Murojaat uchun telefon: +998971448025