×

Rieki universitetida tadqiqotchilar uchun stipendiya dasturi!


Grant

MUHLAT

31.05.2015

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Xorvatiya

O'QILGAN

1941 marta

Xorvatiyadagi Rieki universitetining Sharqiy Yevropani o’rganish markazi ilmiy tadqiqotchilar uchun stipendiya dasturini taklif etadi. Dastur besh oy Rieki universitetida va Bolqon davlatlarining yana birida yashab mustaqil ilmiy tadqiqot bilan shug’ullanish uchun imkon yaratib beradi. Tadqiqotchilar turli xil sohalarda o’z tadqiqotlarini olib borishlari mumkin. Stipendiya dasturi, asosan, gumanitar va ijtimoiy yo’nalishlar uchun beriladi. Ba’zi holatlarda bio va aniq fanlarga ham berilishi mumkin. Bu soha vakillari o’z tadqiqotlari uchun laboratoriya sharoitiga ehtiyoj yo’qligini isbotlab berishi kerak. Dasturga qabul qilingan ishtirokchilar 2015-yil sentabr oyidan tadqiqotni boshlashi kerak. Ishtirokchilar tadqiqotlarining rejasiga qarab dasturda 2 oydan 10 oygacha ishtirok etishlari mumkin.

Grant kimlar uchun?

DOKTORANTURANI TUGATGANLAR UCHUN

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

  • Yashash xarajatlarini qoplash uchun oyiga 1100 yevro stipendiya;
  • Turar-joy xarajatlari uchun yordam;
  • Tadqiqot taklifi byudjetiga asosan tadqiqot xarajatlari;
  • Safar xarajatlari qopalandi.

Talablar:

Kim uchun:

Dastur butun dunyodan arizalarni qabul qiladi. Dastur yosh olimlarni hamda tajribali katta ilmiy tadqiqotchilarni ham ariza topshirishga targ’ib qiladi. Barcha arizachilar doktorantura darajasiga ega bo’lishlari lozim. Dasturda ishtirokchilarga yosh bilan bog’liq biror chegara qo’yilmagan.

Dasturga qabul jarayoni:

Barcha ariza hujjatlari ingliz tilida topshirilishi lozim. Ariza internet orqali to’ldiriladi.

  • To’ldirilgan ariza shakli SHU YERDA;
  • Rezyume;
  • Tavsiyanoma berish uchun arizachining tadqiqot ishi bilan tanish bo’lgan ikki shaxsning aloqa ma’lumotlari;
  • Rejalashtirayotgan ilmiy tadqiqotning tavsifi (1500-2000 so’zdan iborat);
  • Dasturda ishtirok etishdan maqsadlari ifodalangan qisqa insho (500 so’zdan oshmagan).

Barcha ariza hujjatlari «PDF» shaklida topshirilishi lozim. Tadqiqot tavsifi va inshoning har bir betiga raqamlar qo’yilgan va hujjat yuqorisiga arizachining familiyasi va ismi yozilgan bo’lishi lozim. Arizachilar tadqiqot tavsifida quyidagi masalalarga oydinlik kiritib ketishi lozim:

  • O’z tadqiqotining kengroq akademik dunyoga aloqasi yoki bog’liqligi;
  • Tadqiqotning maqsadi va metodlari;
  • Tadqiqot hozir qanday ahvoldaligi va kelajakda nimalar rejalashtirilganligi;
  • Agar bo’lsa, tadqiqotning hamkorlari (milliy va xalqaro);
  • Tadqiqot maqsadlariga erishish uchun arizachi o’zi turgan joydan boshqa joyga borib tadqiqot olib borishining ahamiyati va zarurati;
  • Dasturda ishtirok etishdan shaxsiy maqsadlari;
  • Agar bo’lsa, tadqiqot davomida duch kelinadigan etikaga oid masalalar.

Ariza 2015-yil 31-may Grinvich vaqti bilan tungi 12ga qadar topshirilishi lozim.

To’liq ma’lumot uchun manba: SHU YERDA

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!