×

Rivojlanayotgan davlatlar: Bakalavr bosqichi talabalari uchun 3 000 AQSH dollarigacha stipendiyalar; joy – 60tagacha!


Grant

MUHLAT

01.03.2020

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Rivojlanayotgan davlatlar

O'QILGAN

3166 marta

AQShdagi Wells Mountain Initiative tashkiloti ta’lim sohasini, jamiyatdagi islohotlarni qo’llab – quvvqtlash, yoshlarni jamiyatdagi rolini oshirish maqsadida talabalarga WMI Scholars Program 2020 dasturini e’lon qiladi. Grantlar rivojlanayotgan mamlakatlardan boʻlgan talabalarning birinchi (odatda bakalavr) darajasini olishi uchun ajratiladi. Dasturga oʻz yurti yoki boshqa mamlakat oliygohlarida oʻqiyotgan talabalar ariza berishlari mumkin. Dasturdan maqsad rivojlanayotgan mamlakatlardan bo’lgan yosh, umidli, yuqori potensilalli, liderlik qobiliyatiga ega, ammo moliyaviy imkoniyati cheklangan talabalarni moddiy rag’batlantirish. Dastur shu paytgacha 44 ta mamlakatdan bo’lgan 417 ta talabaga grant ajratgan. 2020-yilda tashkilotning 50-60 nafar talabaga moddiy yordam ajratishi rejalashtirilgan.

Grant kimlar uchun?

Bakalavr bosqichi talabalari uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Dasturda g’olib bo’lgan talabalar uchun bakalavr kursi oxirigacha har yili 3 000 AQSh dollarigacha mablag’ ajratiladi. (Dastur g’oliblariga o’rtacha 1 500 AQSh dollari miqdoridagi mukofot beriladi) Ajratilgan mablag’ kontrakt to’lovini, kitob va o’quv qurollari yoki turar joy uchun sarflanishi mumkin. Batafsil maʼlumot bu yerda.

Maʼlumot uchun: AQSh, Kanada, Avstraliya, Buyuk Britaniya yoki boshqa Gʻarbiy Yevropa davlatlarida oʻqish uchun stipendiya ajratilmaydi.

Talablar:

Nomzod quyidagi talablarga mos bo`lishi kerak:

  • Nomzod rivojlanayotgan mamlakat fuqarosi bo’lishi kerak (ro’yxatda O’zbekiston ham bor).
  • Nomzod o’z yurti yoki boshqa rivojlanayotgan mamlakatdagi oliygohning bakalavr bosqichi talabasi bo’lishi kerak.
  • Nomzod o’qishni bitirgach o’z yirtiga qaytib uning rivojiga hissa qo’shishni maqsad qilgan bo’lishi zarur.
  • Nomzod yosh, umidli, yuqori potensilalli, liderlik qobiliyatiga ega, jamoatchi talaba bo’lishi kerak.
  • Nomzod 35 yoshdan katta boʻlmasligi zarur.
  • Nomzod avval ko’ngillilar uchun dasturda (volunteering project) qatnashgan bo’lishi yoki stipendiya olganidan so’ng buni rejalashtirayotgan bo’lishi kerak.
  • Nomzod a’lochi bo’lishi lozim.
  • Garntlar moliyaviy imkoniyatlari cheklangan, stipendiya berilmagan taqdirda o’qish imkoniyatidan mahrum talabalarga beriladi.

Dasturga qabul jarayoni:

Dasturga arizalar 2020-yil 1-martga qadar onlayn yoki pochta orqali qabul qilinadi.

  • Onlayn ariza topshirmoqchi bo’lgan nomzodlar WMI rasmiy sayti orqali onlayn ariza va boshqa talab qilingan hujjatlarni topshirishlari zarur. Taqdim etilgan hujjatlarning formati JPG, PNG, GIF, DOC, DOCX, PDF bo’lishi, windows 2010 yoki undan keyingi dastur bo’yicha saqlangan bo’lishi kerak.
  • Arizalarini pochta orqali jo’natmoqchi bo’lgan nomzodlar maxsus ariza shaklini chop etishlari, to’ldirishlari hamda talab qilingan boshqa hujjatlar bilan birga quyidagi manzilga jo’natishlari kerak:

Wells Mountain Initiative
25D Main Street
Bristol, VT 05443
USA

  • Email orqali yuborilgan yoki to’liq bo’lmagan arizalar ko’rib chiqilmaydi. Hujjat topshirishda tug’ilgan savollar bilan info@wellsmountaininitiative.org manziliga murojaat etishingiz mumkin.
  • Natijalar 2020-yilning 1-avgustida e’lon qilinadi.

Ariza topshirish jarayoni haqida batafsil bu yerda bilib oling.

Talab qilinadigan hujjatlar ro’yxati:

  1. Onlayn ariza. (pochta orqali ariza topshiruvchilar uchun toʻldirilgan ariza shakli).
  2. Rasm.
  3. 2 ta esse (mavzular ariza shaklida berilgan).
  4. Shaxsiy bayonot.
  5. 2 ta tavsiyanoma (Guidelines for Effective Application-Recommendation Letters).
  6. Yuqori maktab baholaridan ko’chirma (Baholash tizimi shabloni bilan birga).
  7. Bakalavr bosqichi baholari (Baholash tizimi shabloni bilan birga. Agar mavjud bo’lsa).
  8. Davlat imtihonlari natijalari (Baholash tizimi shabloni bilan birga).

Grant haqidagi batafsil ma’lumotni grant beruvchining rasmiy saytidan olishingiz mumkin.

Murojaat uchun:

Tel: (802) 453-4065

Fax: (802) 453-5135

Email: info@wellsmountaininitiative.org

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!