Avstraliyada joylashgan RMIT University tomonidan taqdim etiladigan RTP International Fee Offset Scholarship (RIFOS) va RMIT Research International Tuition Fee Scholarship (RRITFS) grantlari uchun arizalar qabul qilinmoqda. Grantlar RMIT universiteti doktorantura (PhD) kurslariga qabul qilingan iqtidorli tadqiqotchilarni moddiy jihatlar qo’llab-quvvatlash maqsadida beriladi. Universitetda mavjud PhD kurslari ro’yxati bilan bu yerda tanishishingiz mumkin.
Grant kimlar uchun?
PhD kurslarida o’qishni xohlovchilar uchun
Batafsil ma'lumot uchun link
Grantning manfaatli jihatlari:
RIFOS va RRITFS grant dasturlarining ikkisi ham quyidagilarni o’z ichiga oladi:
- Tadqiqotchi 3 yilgacha o’qish to’lovidan ozod etiladi. Bu muddat yana 6 oyga uzaytirib berilishi ham mumkin.
- Tadqiqotchiga Overseas Student Health Cover (OSHC) sug’urtasi xarajatlari to’lab beriladi.
Talablar:
- Nomzod bakalavr va magistratura darajasiga ega bo’lishi shart. Diplomlari yo’nalishi PhD kursi yo’nalishiga mos tushishi kerak.
- Nomzod PhDdan avval o’qigan kurslarida yuqori baholarga o’qigan bo’lishi talab etiladi. Nomzodning baholari o’rtacha ko’rsatkichi 100% dan kamida 80% yoki undan yuqori bo’lishi kerak.
- Nomzod tadqiqot tajribasiga ega bo’lishi kerak.
- Nomzod ilgari PhD kursi yoki postdoktorlik tadqiqot dasturida ishtirok etmagan bo’lishi zarur. Barcha talablar
- Nomzod ingliz tilini yetarli darajada bilishi kerak. Batafsil
Dasturga qabul jarayoni:
PhD kursiga ariza topshirganingizdan so’ng ikkala grant dasturi uchun ham nomzodlikka qo’yilasiz, shuning uchun grant uchun alohida ariza topshirilmaydi. 2020-2021 o’quv yili uchun arizalar qabuli 2020-yil iyul oyi so’nggigacha ochiladi. Arizalarni bu yerda topshirish mumkin. Arizalar qabul qilish boshlanganda hujjat topshirish muhlati bu yerda e’lon qilinadi. PhD kurslariga ariza berish tartibi quyidagicha:
- Hujjat topshirish uchun kurs tanlang. Kurslar ro’yxati bu yerda.
- Kurs tanlagach, shu kurs yo’nalishiga mos bo’lgan tadqiqot mavzusi tanlang. Tanlangan mavzu RMIT universitetida olib borilayotgan tadqiqot loyihalariga mos bo’lishi zarur. Bu yerda barcha tadqiqot loyihalari bilan tanishishingiz mumkin. Agar siz tanlagan tadqiqot universitetda olib borilmayotgan bo’lsa, tadqiqot taklifi tayyorlab, o’z mavzungizni taklif etishingiz kerak bo’ladi.
- Ariza topshirish oldidan o’zingiz tanlagan kursga mas’ul fakultet jamoasiga Expression of Interest yuborishingiz kerak. Bunda qaysi kursga hujjat topshirishni rejalashtirayotganingiz va akademik ko’rsatkichlaringiz so’raladi. Agar tanlangan kurs talablariga mos bo’lsangiz, sizga ariza topshirishga ruxsat berishadi. Ariza topshirish uchun ruxsat olsangiz ham, kursga qabul qilinishingiz kafolatlanmaydi, chunki kursga qabul uchun minimal talablarga mos nomzodlar soni odatda qabul kvotasidan yuqori bo’ladi.
- Agar Expression of Interest uchun ijobiy javob kelsa, ariza topshirishingiz mumkin bo’ladi. Kerakli hujjatlar:
- CV;
- Baholar va diplomlar;
- Yangi tadqiqot uchun taklif yoki mavjud tadqiqotga qo’shilish uchun taklif.
Hujjat topshirish jarayoni haqida batafsil ma’lumot bilan bu yerda tanishishingiz mumkin. Ma’lumot uchun sgr.admissions@rmit.edu.au elektron manziliga murojaat qiling.