×

Robertson Scholars Leadership Program: AQShda bakalavr kurslari uchun to’liq grant, bepul yotoqxona va oziq-ovqat!


Grant

MUHLAT

15.11.2020

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

AQSh

O'QILGAN

1536 marta

AQShda joylashgan Duke universiteti va UNC-Chapel Hill universiteti tomonidan o’zaro hamkorlikda taqdim etiladigan Robertson Scholars Leadership Program grant dasturi uchun arizalar qabul qilinmoqda. Ushbu grantlar Duke yoki UNC-Chapel Hill unieversiteti bakalavr kurslarida o’qish uchun beriladi. Ushbu to’liq grant dasturiga dunyoning istalgan boshqa davlatlaridan bo’lgan nomzodlar ariza berishlari mumkin.

Duke universitetidagi kurslar ikki fakultetga taqsimlangan: Trinity College of Arts & Sciences hamda Pratt School of Engineering.

UNC-Chapel Hill universitetidagi kurslar ro’yxati esa bu yerda. Grantlarni shu ikkala universitetga qarashli istalgan bakalavr kursi uchun yutib olish mumkin. Bunda grant uchun saralab olingan talaba universitetlardan birini tanlaydi va o’qish davomida ikkinchisida ham taxminan 5 oy o’qish kurslarida ishtirok etadi.

Robertson Scholarship grantlarini yutib olish uchun nomzod maktab (kollej/litsey) davridan boshlab o’z jamiyatida ijobiy o’zgarishlarga sabab bo’lgan, amalda foydali ishlar bilan shug’ullangan, o’ziga kuchli xarakter va maqsadlarni ko’rsata olgan bo’lishi zarur. Ushbu dasturga qabul qilingan talabalar quyidagi sifatlarni o’zlarida ko’rsatib bera olgan:

Purposeful Leadership:

Fearless and Innovative

Inspiring and Motivational

Visionary and Determined

Intellectual Curiosity:

Critical Thinkers

Thought Leaders in their Field

Strength Of Character

Confident

Compassionate

Empathetic

Ethical

Collaborative Spirit

Bridge Builders

Embrace Opportunities to Learn from Others

Grant kimlar uchun?

Bakalavr kurslarida o’qishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Grant yutib olgan Duke yoki UNC universitetidan birida o’qiydi. Grant quyidagilarni o’z ichiga oladi:

  • Talaba 4 yil o’qish to’lovidan to’liq ozod etiladi.
  • Yotoqxona va oziq-ovqat xarajatlari qoplab beriladi.
  • Turli yozgi maktab kurslari to’lovlari qoplab beriladi.
  • Akademik muvaffaqiyat uchun zaruriy trening va boshqa kurslar tashkil etiladi.

Talablar:

  • Nomzod Duke yoki UNC universiteti bakalavr kurslaridan biriga hujjat topshirishi kerak.
  • Nomzod maktabni (kollej/litseyni) a’lo baholarga tamomlagan bo’lishi, darsdan tashqari yutuqlarga ega bo’lishi, shaxs sifatida serqirra va o’ziga xos xarakterni ko’rsata olishi zarur. Grantlar har tomonlama yetuk va jamiyatga ijobiy ta’sir qiladigan, o’zi tanlagan yo’nalishda katta salohiyatga va potensialga ega talabalarga beriladi.
  • Nomzod o’zi hujjat topshirgan kursning barcha qabul talablariga mos bo’lishi zarur. Talablarni tanlangan kurs sahifasidan topishingiz mumkin.
  • Qabul uchun SAT va ACT testlari natijalarini ixtiyoriy tarzda topshirishi mumkin. Bu testlarni topshirmagan nomzodlarning arizalari ham topshirganlarniki bilan bir xil baholanadi (ikkala universitet uchun ham farqi bo’lmaydi).
  • Nomzod ingliz tilidan kamida IELTS 7,0, Duolingo 120, PTE Academic 70 yoki TOEGL iBT 100 natijalariga ega bo’lishi zarur (ikkala universiteti uchun ham). Batafsil: Duke universiteti uchun bu yerda, UNC universiteti uchun bu yerda.

Dasturga qabul jarayoni:

Grantni yutib olish uchun grant dasturiga alohida, Duke universitetiga alohida ariza topshiriladi. Agar Duke universitetining o’ziga hujjat topshirsangiz, faqat shu universitet tomonidan Robertson grantiga nomzodlikka qo’yilasiz. Agar UNC universitetiga ham hujjat topshirsangiz, ikkala universitetda ham Robertson grantiga da’vogarlik qilasiz va qaysi birida grant yutsangiz, shu univeritetda o’qiysiz.

  1. Avvaliga grantga 15-noyabrgacha hujjat topshiring. Bu yerda grantga ariza to’ldiriladi. Buning uchun tizimda ro’yxatdan o’tish kerak. Batafsil
  2. Duke yoki UNC universitetlaridan biriga hujjat topshiring.
  • Duke universiteti uchun: bakalavr kurslariga arizalar “early action” uchun 16-noyabrgacha, “regular decision” uchun esa 4-yanvargacha qabul qilinadi. Arizalarni Common App yoki Coalition App tizimlari orqali topshirish mumkin. Ariza topshirish uchun 85 AQSh dollari to’lovni amalga oshirish yoki ariza topshirish vaqtida chegirma uchun so’rov yuborish zarur.
  • UNC universiteti uchun: bakalavr kurslariga “early action” uchun 15-oktyabrgacha, “regular decision” uchun 15-yanvargacha hujjat topshirish mumkin. Arizalar bu yerda

Izoh: “early action” uchun hujjat topshirganlar natijalarni ertaroq olishadi va shu universitetda o’qishga majbur hisoblanadilar. “Regular decision” uchun hujjat topshirgan nomzodlarning natijalari kechroq chiqadi va ular talabalikka taklifni qabul qilmasliklari, ya’ni, qabul qilgan universitetda o’qimaslik huquqini saqlab qoladilar.

Grant va qabul haqida ko’p beriladigan savollar va ularga javoblar bilan bu yerda tanishishingiz mumkin. Murojaat uchun:

Email: info@robertsonscholars.org

Tel: (919) 668-1438.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!