×

Romanian Government Scholarship: Ruminiyada bakalavr, magistratura va doktorantura kurslari uchun to’liq grant!


Grant

MUHLAT

16.03.2024

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Ruminiya

O'QILGAN

21303 marta

Xorijlik talabalarga Ruminiya universitetlarining bakalavriat, magistratura va doktorantura bosqichlarida tahsil olish imkonini beruvchi Ruminiya hukumati stipendiya dasturiga arizalar qabul qilinmoqda. Ushbu dastur Ruminiya hukumati qarori asosida Tashqi Ishlar Vazirligi orqali chet el fuqarolariga taqdim etiladigan grant dasturi hisoblanadi. Yevropa Ittifoqi davlatlari ro’yxatiga kirmaydigan barcha davlat fuqarolari ushbu grantni qo’lga kiritish uchun nomzod sifatida ko’rib chiqiladi.

Tibbiyot, stomatologya va farmetsevtika yo’nalishlaridan boshqa barcha yo’nalishlarda tahsil olish uchun arizachilar grantni qo’lga kiritishlari mumkin.

Eslatma: ta’lim bakalavr va magistratura uchun rumin tilida, doktorantura uchun istalgan tilda bo’lishi mumkin. Doktoranturadan boshqa kurslarda o’qish boshlanishidan avval 1 yillik til kursida o’qishlari mumkin (bu ham grant tarkibiga kiradi). Til tayyorlov kurslarida rumin tilini biladigan yoki universitetga kirish uchun rumin tili imtihonidan muvaffaqiyatli o’tganlar ozod etiladi.

Universitetlar ro’yxati bilan bu yerda tanishing. 

Grant kimlar uchun?

Bakalavriat, magistratura va doktorantura bosqichida o’qishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Dastur gʻoliblari quyidagi imtiyozlarga ega boʻladi:

  • Talaba bakalavr, magistratura va doktorantura kurslaridan birida o’qish kontrakt to’lovidan to’liq ozod qilinadi. Rumin tilini bilmaydigan va bakalavriat yoki magistraturaga topshirgan nomzodlar oʻqishni 1 yillik rumin tili kursi bilan boshlaydi va bu kursning kontrakt toʻlovidan ozod qilinadi.
  • Oylik stipendiya beriladi. Stipendiya miqdori oyiga bakalavriat va til kursi uchun 65 yevro, magistratura uchun 75 yevro, doktorantura uchun 85 yevroni tashkil qiladi.
  • O’qish davomida bepul yotoqxona bilan ta’minlanadi.
  • Favqulodda holatlarda tibbiy jarrohlik amaliyotlari hamda epedemik potensialiga ega kasalliklarni davolashda moddiy yordam ko’rsatiladi (amaldagi qonunlar asosida).
  • Ruminiyalik talabalarga berildigan mahalliy jamoat transportlaridan foydalanishdagi imtiyozlar taqdim etiladi.
  • Oʻqish vizasi toʻlovidan ozod qilinadi.

Grant Ruminiyaga borish va kelishdagi transport xarajatlarini qoplamaydi. Bu xarajatlarni talabaning oʻzi qoplashi lozim.

Talablar:

Nomzodga qoʻyilgan talablar quyidagicha:

  • Nomzod o’zi topshirayotgan kurs talablariga mos holda ta’limning maktab, kollej/litsey (bakalavr uchun), bakalavr kursi (magistratura uchun), magistratura bosqichlarini (doktorantura uchun) tugatgan bo’lishi talab etiladi.
  • Roʻyxatdan oʻtish haqi, doktorantura nomzodlari uchun kirish imtihoni toʻlovlari toʻlab beriladi (faqat doktorantura uchun kirish imtihoni mavjud).
  • Arizachining oila a’zolaridan biri Ruminiya diplomatik va konsullik tashkilotlarida, vazirlik va xalqaro tashkilotlarida ishlamasligi kerak.
  • Nomzodning baholari oʻrtachasi 10 lik tizimda kamida 7 ball boʻlishi kerak (bu 100% lik tizimda 70%; 5 lik tizimda 3,5 ball boʻladi).
  • Bakalavr va magistraturaga nomzodlar, shu bilan birga, doktoranturani rumin tilida o’qishni tanlaganlar rumin tilini bilishi yoki o’qish boshlanishidan oldin 1 yillik rumin tili kursida ishtirok etishi kerak. Doktorantura boshqa tilda o’qish uchun kurs talabida ko’rsatilgan tilni bilish talab etiladi. Til kurslarida o’qish uchun ham nomzod ingliz tilini bilishi kerak.

Dasturga qabul jarayoni:

Bu yilgi qabul 2024-yil 16-martgacha davom etadi. Grantga ariza va boshqa kerakli hujjatlar faqatgina Study in Romania platformasi orqali topshirilishi lozim.

Dastlab, BU YERDA roʻyxatdan oʻtib, hisob (akkaunt) yaratiladi (Apply Now tugmasini bosib kiring). Shundan soʻng grantga ariza va kerakli hujjatlar onlayn tarzda topshiriladi.

Onlayn ariza topshirishda quyidagi hujjatlarni platformaga yuklash talab etiladi:

  • Tegishli kurs talabiga ko’ra maktab shahodatnomasi yoki kollej/litsey diplomi va baholari; bakalavr diplomi va baholari; magistratura diplomi va baholari; doktorantura diplomi va baholari (agar boʻlsa). Diplom va baholarning asli hamda ularning ingliz, fransuz, rumin yoki ispan tiliga rasmiy tarjimasi ham topshirilishi kerak (diplom va baholar hujjatining oʻzida shu tillardan biridagi tarjimasi ham berilgan boʻlsa, tarjima qildirish shart emas).
  • Hali oʻqishni bitirmagan va oxirgi sinf/kursda oʻqiyotganlar oʻqishni shu oʻquv yilida tugatishi koʻrsatilgan malumotnoma va hozirgacha olgan baholarini topshirishi kerak (ingliz, fransuz, rumin yoki ispan tiliga rasmiy tarjimasi bilan birga).
  • Tug’ilganlik haqida guvohnoma va uning ingliz, fransuz, rumin yoki ispan tiliga rasmiy tarjimasi.
  • Pasportning ilk 3 sahifasi nusxasi yoki ID karta nusxasi. Bu hujjat ingliz, rumin, ispan yoki fransuz tilida boʻlmasa, shu tillardan biriga notarial tasdiqlangan tarjimasi ham topshirilishi kerak.
  • Ingliz yoki fransuz tilida CV.
  • Letter of Intent faqat doktorantura kursi uchun.
  • Notarial tasdiqlangan ota-ona rozilik xati va uning ingliz, fransuz, rumin yoki ispan tiliga rasmiy tarjimasi (oʻqish boshlanishida 18 yoshga to’lmaydigan arizachilar uchun).
  • Rumin tilini bilish darajasini tasdiqlovchi sertifikat nusxasi (agar mavjud boʻlsa).

Shuningdek, ariza shaklida boshqa hujjatlar ham soʻralgan boʻlsa va u hujjatlar nomzodda boʻlsa, ular ham yuklanadi (hujjatlar tarkibi qaysi bosqichga topshirayotganingizga qarab biroz farq qilishi mumkin).

Hujjatlar roʻyxati bilan BU YERDA batafsil tanishing (15-savolda).

MUHIM: Ariza topshirishga kirishishdan oldin dastur haqidagi rasmiy eʼlon, dastur qoʻllanmasi va koʻp beriladigan savollarga javoblar bilan batafsil tanishib chiqing.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!