×

Roskilde University: Daniyada magistratura kurslari uchun 100% grant va 1241 AQSh dollari stipendiya!


Grant

MUHLAT

15.01.2021

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Daniya

O'QILGAN

2026 marta

Daniyada joylashgan Roskilde University tomonidan taqdim etiladigan grantlarga arizalar qabul qilinmoqda. Grantlar Roskilde universitetidagi quyidagi magistratura kurslari uchun ajratilgan:

  • Master in Communication Studies and Cultural Encounters
  • Master in International Public Administration and Politics
  • Master in International Development Studies and Global Studies
  • Master in Mathematical Physical Modelling
  • Master in Spatial Designs and Society
  • Master in Nordic Urban Planning Studies.

Ushbu grantlar Daniya hukumati tomonidan moliyalashtiriladi hamda 2021-yil sentyabr oyida boshlanadigan magistratura kurslari uchun beriladi. Grantlar akademik yutuqlar, motivatsion xat va ish tajribasiga asosan eng qobiliyatli talabalarga belgilanadi. 

Grant kimlar uchun?

Magistratura kurslarida o’qishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Grant yutib olgan talaba kontrakt to’lovidan ozod qilinadi va oyiga 7800 DKK (1241 AQSh dollari) stipendiya bilan ta’minlanadi. Grant 22 oygacha bo’lgan muddatda berib boriladi.

Talablar:

  • Nomzod bakalavr kursini tamomlagan bo’lishi zarur.
  • Ish tajribasi, yuqori baholar va kuchli motivatsion xat grant yutish ehtimolini oshiradi.
  • Nomzod ingliz tilini yaxshi bilishi kerak. Qabul uchun kamida IELTS 6,5 yoki TOEFL IBT 83 talab etiladi. Batafsil
  • Agar nomzod boshqa tilda o’qitiladigan kurs tanlagan bo’lsa, shu tilni yaxshi bilishi zarur.
  • Nomzod o’zi tanlagan magistratura kursining qabul talablariga mos bo’lishi lozim. 

Dasturga qabul jarayoni:

Grantga ariza topshirish uchun magistratura kursiga hujjat topshirib, magistratura uchun odatiy arizaga motivatsion xat va CV ilova qilinadi. Magistratura kurslariga hujjatlar 15-yanvargacha bu yerda  qabul qilinadi. Ariza topshirish uchun 165 yevro ariza to’lovi mavjud.

Kerakli hujjatlar:

  • Diplom
  • Baholar
  • Til sertifikati
  • Pasport nusxasi
  • Hujjatlarning ingliz tiliga tarjimalari (asl nusxa boshqa tilda bo’lsa)
  • Motivatsion insho
  • CV. 

Murojaat uchun: ruc@ruc.dk

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!