×

Rossiya: Barqaror rivojlanish maqsadlari boʻyicha MDH davlatlari yoshlari uchun xalqaro forum; barcha xarajatlar qoplanadi, joy – 100 ta!


Grant

MUHLAT

16.10.2021

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Rossiya Federatsiyasi

O'QILGAN

3362 marta

Rossiya Federatsiyasning Ulyanovsk shahrida boʻlib oʻtadigan Barqaror rivojlanish maqsadlari boʻyicha MDH davlatlari yoshlarining xalqaro forumiga arizalar qabul qilinmoqda. Forum 2021-yil 1-3 noyabr kunlari boʻlib oʻtadi (31-oktabrda boriladi, 4-noyabrda qaytiladi).

Forumda MDH davlatlari hududida barqaror rivojlanish maqsadlarini amalga amalga oshirishda faol ishtirok etayotgan yoshlar ittifoqlari (birlashmalari) vakillari, yoshlarning ijtimoiy harakatlari yetakchilari, yosh mutaxassislar, davlat organlari va xalqaro idoralar vakillari boʻlgan 100 nafar ishtirokchi qatnashadi.

Tadbirning asosiy maqsadi – MDH davlatlari yoshlarining oʻz davlatlari va dunyoda barqaror rivojlanish maqsadlari va barqaror rivojlanish koʻrsatkichlariga erishilishida oʻz hissalarini qoʻshish boʻyicha hamkorligini rivojlantirish hamda ularning saʼy-harakatlarini birlashtrishdir.

Forum rus tilida boʻlib oʻtadi.

Grant kimlar uchun?

MDH davlatlarida istiqomat qiluvchi 18-35 yoshli yoshlar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Dasturga qabul qilingan xalqaro (Rossiydan boshqa davlatdan boʻlgan) ishtirokchilar quyidagi iqtisodiy imkoniyatlar bilan taʼminaladi:

  • Uyanovsk shahriga borish va kelish uchun aviachipta bilan taʼminlanadi.
  • Bepul turar joy va oziq-ovqat bilan taʼminalandi.
  • Ishtirokchilar forumdagi madaniy tadbirda qatnashish imkoniga ega boʻladi.

MUHIM: Forum dasturlarining ayrim qismlari oʻtkazib yuborilgan yoki tez-tez kechish holatlari kuzatilgan hollarda ishtirokchi turar joy va oziq-ovqat xarajatlarini oʻzi qoplaydi.

Talablar:

Nomzodlar uchun qoʻyilgan talablar quyidagilardan iborat:

Участники должны:

  • 18 yoshdan 35 yoshgacha boʻlish kerak.
  • Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi tarkibidagi davlatlardan birning (Oʻzbekiston kiradi) hududida yashashi kerak.
  • MFH davlatrlari hududida Barqaror rivojlanish maqsadlarini targʻib qilish va ularni amalga oshirishda faol ishtirok etayotgan Barqaror rivojlanish maqsadlari elchisi, yoshlar ittifoqlari (birlashmalari) vakili, yoshlarning ijtimoiy harakatlari yetakchisi, yosh mutaxassis, davlat yoki xalqaro idoralar vakili boʻlishi kerak.
  • Rus tilida ish olib bora olishi kerak.
  • Forumda va taʼlim jarayonida faol ishtirok etish mativatsiyasiga ega boʻlish kerak.
  • MDH davlatlari hududida barqaror rivojlanish maqsadlarini amalga oshirishda hamkorlikni rivojlantirishga qiziqish kerak.
  • Forumda olgan bilimlarini boshqalarga ulanish va ularni oshirish ustida ishlashga tayyor boʻlish kerak.
  • Forum dasturlari doirasida rejalashtirilgan barcha tadbirlarda qatnashishga tayyor boʻlishi kerak.

Nomzodga qoʻyilgan talablar bilan BU YERDA batafsil tanishish mumkin.

Dasturga qabul jarayoni:

Dasturga arizalar 2021-yil 16-oktabr, Oʻzbekiston vaqti bilan soat tong sahar 01:59 ga qadar qabul qilinadi. Arizalar onlayn shaklda BU YERDA toʻldiriladi va topshiriladi.

Shuningdek, arizani АИС «Молодёжь России» saytida ham toʻldirib topshirish mumkin (bunda ariza topshirish uchun saytdan roʻyxatdan oʻtish kerak).

MUHIM: Ariza topshirishga kirishishdan oldin forum haqidagi rasmiy eʼlon va forum qoʻllanmasini oʻqib chiqing.

Forum yuzasidan qoʻshimcha maʼlumot va savollar boʻyicha quyidagi kontaktlarga murojaat qilishingiz mumkin:

Email: international@youthrussia.ru

Tel: +7 (495) 249-11-49.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!