×

Rossiya: HSE universiteti xalqaro olimpiadasida ishtirok eting va bakalavr kursi uchun 100% grant yutib oling!


Grant

MUHLAT

11.01.2021

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

AQSh

O'QILGAN

4752 marta

Rossiya Federatsiyasida joylashgan Higher School of Economics (HSE) universiteti tomonidan tashkillashtirilayotgan Yoshlar Xalqaro Olimpiadasida ishtirok etish uchun arizalar qabul qilinmoqda. Ushbu olimpiada HSE universiteti bakalavr kurslariga hujjat topshirgan yoshlar o’rtasida o’tkaziladi. Olimpiadadan maqsad eng iqtidorli ishtirokchilarga universitetda o’qishlari uchun grant ajratish. HSE universiteti bakalavr kurslari ro’yxati bu yerda ko’rsatilgan. Tanlovda quyidagi yo’nalishlarda ishtirok etish mumkin:

  1. Jurnalistika
  2. Dizayn
  3. Reklama va ijtimoiy munosabatlar
  4. Madaniyatshunoslik
  5. Media kommunikatsiyalari
  6. Matematika
  7. Fizika
  8. Zamonaviy siyosat
  9. Huquq
  10. Xalqaro aloqalar
  11. Osiyoshunoslik
  12. Ingliz tili
  13. Falsafa
  14. Psixologiya
  15. Ijtimoiy fanlar
  16. Tarix

Grant kimlar uchun?

Maktab, litsey va kollej yuqori sinf o’quvchilari uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Olimpiadada g’olib chiqqan ishtirokchilarga HSE universiteti bakalavr kursida o’qishlari uchun 100% gacha grant beriladi. Musobaqada 300 dan ortiq talabalarga grant ajratiladi.

Talablar:

  • Tanlov bir nechta davlatlar fuqarolari uchun ochiq. Ro’yxatda O’zbekiston ham bor.
  • Nomzodlar Rossiya Federatsiyasidan tashqaridagi maktab, kollej yoki akademik litseyning bitiruvchi sinfida o’qiyotgan bo’lishi kerak. 11 yillik maktablar o’quvchilari 10-11 sinfda, 12 yillik dastur o’quvchilari 11-12 sing (ya’ni ikkinchi yoki uchinchi kurs) bo’lishlari kerak.
  • Maktabni (litsey, kollej) tamomlagan nomzodlar ham ariza topshirishlari mumkin.
  • Nomzodning yoshi 30 yoki undan kichik bo’lishi kerak.
  • Nomzod HSE universiteti bakalavr kursiga hujjat topshirishi kerak.

Dasturga qabul jarayoni:

Olimpiadada ishtirok etish uchun avval HSE universiteti bakalavr kurslaridan biriga o’qishga hujjat topshirish zarur. Hujjat topshirish jarayoni bilan bu yerda tanishing.

Bakalavr kursiga hujjat topshirgach, olimpiadaga 2021-yil 11-yanvargacha bu yerga ariza topshiring. Tanlovda 5 tagacha yo’nalish bo’yicha ishtirok etish mumkin. Ariza topshirish saytida shaxsiy akkaunt yaratib, motivatsion xatni yuklagach, nomzodning ro’yxatdan o’tganligi tasdiqlanadi va ishtirokchi raqami beriladi. Olimpiada 2021-yilning 21-26-yanvar kunlari boʻlib oʻtadi.

Olimpiadaning o’tgan yilgi mavsumi onlayn tarzda hamda O’zbekistonning Samarqand, Namangan va Toshkent viloyatlarida o’tkazilgan. Bu yilgi tanlov qanday o’tkazilishini tanlovga yozilganingizdan keyin ma’lum qilishadi.

Tanlov tashkilotchilari bilan interolymp@hse.ru elektron manzili orqali bog’lanish mumkin. WhatsApp tarmog’ida esa + 79163118521 raqami orqali tanlov maslahatchilari bilan bog’lanishingiz mumkin.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!