Rossiya Federatsiyasida joylashgan, AQShning Massachusetts University of Technology universiteti bilan hamkorlikda ochilgan Skoltech universitetining magistratura va doktorantura kurslariga arizalar qabul qilinmoqda. Ushbu kurslarga qabul qilingan talabalarga stipendiya dasturi ham mavjud va eng iqtidorli, a’lochi va yuqori ko’rsatkichlarga ega talabalar stipendiya bilan taqdirlanadilar. Universitetda barcha kurslar ingliz tilida o’qitiladi.
Magistratura kurslari ro’yxati va qabul jarayoni haqida ma’lumot
PhD kurslari ro’yxati va qabul jarayoni haqida ma’lumot
Skoltech universitetida boshqa universitetlar bilan hamkorlikda tashkil etilgan va ikkala universitet diplomi beriladigan, yoki ikkala universitetda ham o’qish imkonini beradigan magistratura dasturlari mavjud. Batafsil
Grant kimlar uchun?
Magistratura va doktoranturada o’qishni xohlovchilar uchun
Batafsil ma'lumot uchun link
Grantning manfaatli jihatlari:
- Talabalarga akademik ko’rsatkichlaridan kelib chiqib oylik stipendiyalar belgilanadi. Stipendiya miqdori magistratura talabasi uchun eng kamida 40000 rubl (taxminan 573 AQSh dollari) bo’ladi va talabaning baholari va ko’rsatkichlari oshgani sari oshirib boriladi.
- Talaba bepul tibbiy sug’urta
- Talabalarda boshqa davlatlarda o’tadigan turli almashinuv dasturlarida ishtirok etish imkoni bo’ladi.
Talablar:
- Magistratura kurslariga qabul uchun tegishli yo’nalishdagi bakalavr diplomi talab etiladi. Baholar yuqori bo’lsa, grant ham belgilanadi.
- Doktorantura (PhD) kurslariga qabul uchun tegishli yo’nalishdagi magistratura diplomi talab etiladi. Stipendiya olish uchun yuqori baholar talab etiladi.
- Skoltech universiteti aniq, amaliy va texnik yo’nalishlarga ixtisoslashgan va kurslarga qabul qilinish uchun shu yo’nalishlarda diplomlar talab qilinadi. Agar nomzod ijtimoiy yoki gumanitar yo’nalishlarda o’qigan bo’lsa, Skoltech’ga qabul qilinish uchun hujjat topshirilayotgan yo’nalishda qo’shimcha bilim olganligini isbotlashi zarur.
- Ingliz tilini bilish darajasi kamida IELTS 6.0 yoki TOEFL IBT 80 yoki ITP 450 ball talab etiladi.
- Kurslarga qabul uchun GRE testini topshirganlik talab etilmasa-da, GRE testidan yuqori ball nomzodning arizasiga ijobiy ta’sir ko’rsatadi. Agar GRE testi natijasini ham taqdim etmoqchi bo’lsangiz, Skoltech GRE kodi – 1294
Dasturga qabul jarayoni:
2020-2021 o’quv yilidagi PhD kurslariga hujjat topshirishning so’nggi muhlati 2020-yil 2-avgust. Magistratura kurslariga arizalar 2020-yil 16-iyulga qadar qabul qilinadi. Magistratura va PhD kurslariga onlayn ariza berish uchun bu yerga kiring. Ariza topshirishda maxsus yo’riqnoma sizga yordam beradi.
Kerakli hujjatlar:
- CV
- Ikkita tavsiyanoma
- Motivatsion xat
- Ingliz tili testi sertifikati (test natijalari keyinroq, ya’ni, “selection weekend”gacha topshirilsa ham bo’ladi).
- GRE testi natijalari (ixtiyoriy)
Magistratura kurslariga hujjat topshirgan barcha nomzodlar 16-iyuldan keyin onlayn test topshiradilar. Testdan yuqori natijalar bilan o’tgan nomzodlarning o’qishga qabul qilinish ehtimoli ham ortadi. Bu haqida batafsil bu yerda tanishing. Qo’shimcha ma’lumot uchun bu sahifani ko’ring.
Murojaat uchun: admissions@skoltech.ru