×

Rossiya: ingliz va rus tillaridagi bakalavr va magistratura kurslari uchun 100% gacha grantlar va stipendiya


Grant

MUHLAT

14.08.2023

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Rossiya Federatsiyasi

O'QILGAN

27365 marta

Rossiya Federatsiyasida joylashgan Higher School of Economics (HSE) universiteti bakalavr va magistratura kurslarida oʻqishni xohlagan nomzodlarga bir qancha toʻliq va qisman grantlar taklif etadi.

Universitetdagi bakalavriat va magistratira kurslari 2 turga boʻlinadi:

  • Faqat ingliz tilida oʻqitiladigan kurslar.
  • Rus va ingliz tilida oʻqitiladigan kurslar. Bunda rus va ingliz tilida oʻtiladigan fanlar nisbati mos ravishda 70% va 30% ni tashkil qiladi.

Quyidagi havolalar orqali universitetda mavjud boʻlgan kurslar, ularning kontrakt summalari va ular qaysi tilda oʻqitilishi haqida (kurs sahifasiga kirib) maʼlumot olishingiz mumkin:

Maʼlumot uchun: HSE dunyoning eng nufuzli oliygohlaridan biridir. Jumladan, 2023-yil yanvar oyi holatiga koʻra, HSE dunyodagi eng kuchli oliy taʼlim muassasalari roʻyxatida 308-oʻrinni egallab turibdi (QS reytingi boʻyicha).

Grant kimlar uchun?

Bakalavr va magistraturada o’qishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Universitet moddiy yordam dasturi tarkibida ikki xil grant dasturi mavjud:

  1. HSE Gold Scholarship – bu grantni yutib olgan talaba o’qish to’lovini to’lashdan ozod etiladi va unga 1700 rubl oylik stipendiya beriladi. Mazkur grant kirish imtihoni (bakalavriat) yoki portfolio va suhbatda (magistratura) toʻplangan ballar asosida taqdim etiladi.
  2. Qisman grantlar (Tuition fee waivers) – bu grant talabaning kirish imtihonida toʻplangan (bakalavriat uchun) yoki portfolio va suhbatda toʻplangan (magistratura) ballariga qarab beriladi. Ushbu grant quyidacha tartibda beriladi:
    a) Bakalavriat kurslari uchun kirish imtihonida toʻplangan ballarga mos ravishda beriladigan miqdorlar:
    – 140-149 ball – 25%;
    – 150-169 ball – 50%;
    – 170 ball va undan yuqori – 70%.
    b) Magistraura kurslari uchun portfolio va suhbatda toʻplangan ballarga mos ravishda berladigan miqdorlar:
    – 50-59 ball – 25%;
    – 60 ball va undan yuqori – 50%.

Talablar:

Grantlarni qoʻlga kiritish uchun nomzoddan bakalavriat yoki magistratura kurslaridan biriga hujjat topshirib, qabul jarayonida yuqori kirish ballarini toʻplash talab etiladi.

Shuningdek, nomzod oʻzi tanlagan kurs olib boriladigan til(lar)ni yetarli darajada bilishi lozim.

Dasturga qabul jarayoni:

Grantlar uchun alohida ariza berish talab etilmaydi. Bakalavr va magistratura kurslariga ariza berish jarayonida ariza shaklida grant uchun nomzod ekanligingizni ko’rsatsangiz kifoya.

Bakalavriat: Hozir 2023-yil kuzda boshlanadigan kurslarga qabul davom etmoqda. Bakalavr kurslariga arizalar 2023-yil 14-avgustgacha bu yerda topshiriladi.

Dastlab Get login and password boʻlimi tanlanib, kerakli maʼlumotlar kiritiladi. Shundan soʻng, odatda, 24 soat ichida login va parol tasdiqlanadi. Tasdiqlangach, xuddi oʻsha sahifada Sign in boʻlimi tanlanib, login va parol kiritilib, tizimga kiriladi va ariza toʻldiriladi. Ariza toʻldirish jarayonida kerakli hujjatlar ham yukalandi. Ariza topshirilgach, imtihon qanday va qachon boʻlishi haqidagi maʼlumotlar sizga yuboriladi. Imtihonni universitetning oʻzida yoki onlayn tarzda topshirish mumkin.

Bakalavriatga qabul jarayoni va boshqa maʼlumotlar bilan Ariza topshirish yoʻriqnomasida batafsil tanishing.

Magistratura: Magistratura kurslariga arizalarni 2023-yil 14-avgustgacha bu yerda topshiriladi. Nomzodlar avval roʻyxatdan oʻtishi, soʻng tizimda portfoliosini toʻldirishi hamda soʻralgan hujjatlarni yuklashi kerak. hujjat topshirish bosqichidan soʻng suhbat boʻladi (onlayn yoki oflayn). Nomzodlar portfolio va suhbat natijalari asosida saralanadi.

Magistratura kurslari uchun roʻyxatdan oʻtish, ariza topshirish jarayoni va boshqa maʼlumotlar bilan Ariza topshirish yoʻriqnomasida batafsil tanishing.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!