×

Rossiya Iqtisodiyot oliy maktabida o’qish uchun grantlar


Grant

MUHLAT

15.05.2015

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Rossiya Federatsiyasi

O'QILGAN

1969 marta

Rossiyaning «Iqtisodiyot oliy maktabi» milliy tadqiqot universiteti bakalavr va magistratura darajalari uchun davlat grantlarini taqdim etadi. Grant olganlar bepul ta’lim va stipendiya bilan ta’minlanadi.

Grant kimlar uchun?

XALQARO TALABALAR UCHUN

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Grant o’qish xarajatlarini qoplaydi. Yashash uchun oylik stipendiya beriladi.

Dasturga qabul jarayoni:

Arizachilar, avvalo, o’zlari o’qishni xohlagan o’quv dasturiga hujjat topshirishlari kerak va unda grant uchun hujjat topshirish niyatlari borligini ma’lum qilishlari kerak.

Bakalavr dasturlari haqida ma’lumot: SHU YERDA

Magistratura dasturlari haqida ma’lumot: SHU YERDA

Grant anketasini SHU YERDAN saqlab oling.

Magistratura dasturining veb sayti: SHU YERDA. Arizada grantga ehtiyoji borligini ko’satishi lozim. Qabul qilingan talabalar grantga alohida ariza topshirishi so’raladi. Grant arizachi uchun barcha so’ralgan hujjatlarni inter@hse.ru manziliga yuborishi lozim.

Hujjat (ular rus yoki ingliz tilida bo’lishi mumkin) quyidagilarni o’z ichiga olishi lozim:

  • To’ldirilgan ariza shakli; ariza shaklining 1-beti o’ng tarafi yuqori qismiga 3×4 sm. hajmli fotosuratingiz yopishtirilgan bo’lishi lozim;
  • Professional rejalaringiz va nima uchun ushbu dasturda o’qimoqchi ekaningiz haqida qisqa insho (1 betdan oshmasligi lozim);
  • Eng so’nggi diplomingizning (maktab shahodatnomasi, bakalavr yoki magistratura) skanerdan o’tkazilgan nusxasi (agar diplom ingliz yoki rus tilllaridan birida bo’lmasa, uni shu tillardan biriga tarjima qilish kerak);
  • Ikkita tavsiyanoma; ular ingliz yoki rus tillaridan birida bo’lishi lozim. Tavsiyanomalarning kamida bittasi arizachining ilmiy yoki o’qish salohiyatini yaxshi biladigan o’qituvchi yoki professor tomonidan yozilishi kerak). Tavsiyanomani to’ldirish bo’yicha ko’rsatmalarni SHU YERDAN saqlab oling;
  • Rezyume (Yutuq va mukofotlarni qo’lga kiritgan bo’lsangiz, ularni ham ko’rsating).

Bakalavr darajasini tugatib ulgurmagan bo’lsangiz, shu paytgacha o’qigan kurslaringizdagi rasmiy baholar varaqasini jo’natishingiz mumkin. Yuqoridagi barcha hujjatlarni enter@hse.ru manziliga yuborish lozim.

Quyidagi sohalar uchun grant berilmaydi:

  • Magistratura: Yevropa biznesi, Global biznes, Xalqaro biznes, Xalqaro iqtisodiyot huquqi, Yevrosiyodagi xalqaro aloqalar;
  • Bakalavr: Iqtisodiyot va moliya xalqaro kollejidagi barcha dasturlar

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!