×

Rossiya: magistratura uchun to’liq grant; joy – 15 ta!


Grant

MUHLAT

15.04.2019

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Rossiya Federatsiyasi

O'QILGAN

4380 marta

Rossiiyaning Moskva shahrida joylashgan Российская академия народного хозяйства и государственной службы при Президенте Российской Федерации 2019-2020-oʻquv yili uchun Master of Public Policy dasturiga arizalar qabul qilmoqda. Kursga umumiy 20 ta talaba qabul qilinadi. Shundan 15 nafar bilimli talabalarni qoʻllab-quvvatlash uchun AO “DOM.RF” tashkiloti 15 oyga grant beradi.

Grant hududiy rejalashtirish, rivojlantirish va boshqarish sohasi boʻyicha magistratura kursiga oʻqishga kirgan talabalarga ajratiladi. Dastur 15 oyga (bir yil va uch oy) moʻljallangan. Kurs har biri ikki haftadan oʻtilishi rejalashtirilgan 6 ta modulga boʻlingan. Oʻqish davomida Rossiya va boshqa chet davlatlarga sayohat qilish imkoni bor. Kursga turli soha mutaxassislari hujjat topshira oladi. Shuningdek, oʻqishni tugatganlarga qayta tayyorlovdan oʻtganlik haqida diplom beriladi.

Grant kimlar uchun?

Magistraturada oʻqishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Master of Public Policy magistratura kursida oʻqish haqi 420 ming rubl (54 366 708 soʻm).

Grant yutib olgan nomzodlarga kontrakt puli toʻliq qoplab beriladi. Shuningdek, dastur davomida rivojlangan davlatlarga amaliyot oʻtash uchun sayohat uyushtiriladi.

Dastur grant yutib olgan nomzodning turar joy, tibbiy sugʻurta, ovqatlanish kabi boshqa xarajatlarini qoplamaydi. Shuning uchun ularni nomzodning oʻzi toʻlashi kerak.

Talablar:

Nomzod quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  • Oʻzbekistonlik nomzodlar ariza bera oladi.
  • Nomzod Rossiya federatsiyasida qabul qilinadigan oliy maʼlumot diplomiga ega boʻlishi kerak.
  • Turli soha vakillari ariza bera oladi.
  • Fuqarolik xizmati boʻyicha rahbar, mutaxassis, bosh mutaxassis, korporativ sektor boʻyicha mutaxassis, boshqaruvchi va boshqa sohada ishlayotgan nomzodlar ariza topshira oladi.
  • Nomzod kamida 4 yillik ish tajribasiga ega (davlat fuqarolik va munitsipial xizmat xodimlari uchun kamida 2 yil) boʻlishi zarur.
  • Qoʻshimcha malaka malakalar talab qilinmaydi.
  • Nomzod rus tilini yaxshi bilish kerak.

Dasturga qabul jarayoni:

Grantlar universitetning yuqorida koʻrsatilgan magistratura kursida oʻqish uchun beriladi. Kursga oʻqishga kirgan 20 talabalarning 15 tasiga grant beriladi.

Arizaga ilova qilinadigan hujjatlarni ariza bilan birga 2019-yilning 15-apreliga qadar urban-ion@ranepa.ru manziliga joʻnatish lozim. Xatning sarlavhasi “Поступление_MPP_Фамилия поступающего” tarzida yoziladi. Masalan: “Поступление_MPP_Рустамова”. Oʻqish 2019-yil 20-maydan boshlanadi.

Kerakli hujjatlar tarkibi (umumiy):

  • Ariza.
  • Motivatsion xat. 400-600 soʻzgacha yoziladi.
  • Shaxsiy maʼlumotlarni tekshirish uchun rozilik.
  • Pasportning bosh va propiska qoʻyilgan sahifalarining nusxasi.
  • Diplom va diplom ilovasi.
  • INN (soliq toʻlovchining shaxsiy raqami).
  • SNILS (Jamgʻarib boriladigan pensiya daftarchasi raqami).
  • Grantga ariza.

Barcha hujjatlar va ularni qanday toʻldirish tartibini SHU YERDAN va SHU YERDAN yuklab oling.

Nomzodlar grantga qoʻyidagi mezonlar asosida saralanadi:

  1. Aʼlo baholari (akademik koʻrsatkichlari, oʻzlashtirishi).
  2. Moliyaviy yordamga muhtojligi.
  3. Kelajakdagi rejalari.
  4. Tadqiqot uchun topshirgan loyihasi.

Natijalar 2019-yil 22-26-aprelda elektron pochta orqali xabar qilinadi.

Grant boʻyicha savollar yuzasidan murojaat qilish uchun:

Natalya Degtyareva

Telefon: +7(926)787-20-52

Elektron pochta: urban-ion@ranepa.ru

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!