×

Rossiya: Magistratura va PhD bosqichlari uchun grantlar; joy – 425 ta; kamida 632 AQSh dollar stipendiya beriladi!


Grant

MUHLAT

16.07.2019

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Rossiya Federatsiyasi

O'QILGAN

4625 marta

Rossiyaning Moskva shahrida joylashgan ScoltechСколковский институт науки и технологий 2019–2020-oʻquv yili uchun oʻqishga qabulni boshladi. Institutga qabul qilingan talabalarning oʻzlashtirish koʻrsatkichi va a’lo baholariga qarab barcha talabalarga stipendiya beriladi. Stipendiya institutning magistratura va PhD bosqichlarga oʻqishga kirgan talabalarning barchasiga taalluqli. 2019-2020-yilda institut magistraturasiga 320 nafar, aspiranturaga esa 105 nafar talaba oʻqishga qabul qilinadi.

Grant kimlar uchun?

Magistratura va aspirantura (PhD) bosqichida oʻqishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Intsitutga hujjat topshirish va oʻqish bepul. Kontrakt toʻlanmaydi. Institutga qabul qilingan talabalarning oʻzlashtirish koʻrsatkichi va a’lo baholariga qarab barcha magistratura talabalariga kamida 40 000 rubl (taxminan 632 USD)dan boshlab stipendiya beriladi.

Talablar:

Nomzod quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  1. Nomzod istalgan davlat fuqarosi boʻlishi mumkin.
  2. Nomzod magistratura yoki aspirantura (PhD) kurslaridan biriga qabul qilingan boʻlishi kerak.
  3. Nomzod a’lochi boʻlishi kerak.
  4. Nomzod tanlangan kursning maxsus talablariga mos boʻlishi lozim.
  5. Nomzodning bakalavr (magistratura kursiga) yoki magistr (aspirantura/PhD kursi uchun) diplomi boʻlishi kerak.
  6. Barcha darslar ingliz tilida olib boriladi. Shuning uchun nomzod ingliz tilini yaxshi bilishi kerak. Nomzoddan kamida IELTS 6,0/TOEFL iBT 80 ball sertifikati talab qilinadi.
  7. Oʻqishga qabul qilingan nomzodlar ECT boʻyicha kredit yigʻadilar. Aspiranturaga 240, magistraturaga esa 120 kredit toʻplashlari lozim boʻladi.

Dasturga qabul jarayoni:

Grant dasturiga hujjat topshirish uchun nomzod avvalo institutga oʻqishga qabul qilingan boʻlishi zarur. Shuning uchun avvalo oʻqishga ariza berish kerak. Grantga alohida ariza yoki hujjat topshirilmaydi.

Institutga kirish uchun hujjat topshirish tartibi va kerakli hujjatlar:

Magistratura. Joy – jami 320 ta.

Mavjud yoʻnalishlar:

  1. Ariza topshirish. Dedlayn 16-iyul. Ariza onlayn tarzda toʻldiriladi va quyidagi hujjatlar tizimga yuklanadi:
  • CV/rezyume.
  • Motivatsion xat.
  • 2 ta tavsiyanoma.
  • Diplom yoki transcript (agar mavjud boʻlsa).
  • IELTS kamida 6,0 yoki TOEFL iBT kamida 80 ball yoki ekvivalent.
  1. Onlayn test topshirish. 17-18-iyul. Barcha hujjat topshirgan abituriyentlar testdan oʻtishlari majburiy. Testlardan (avvalgi yillardagi) namunalarni: shu yerdan, shu yerdan, shu yerdan va shu yerdan olish mumkin.
  2. Saralash bosqichi. 29-30-iyul. Bu bosqichda nomzodlar suhbatdan hamda ingliz tilidan testdan oʻtadilar.

Dedlayn: 16-iyul. Oʻqishga hujjat topshirish va oʻqish bepul!

Magistraturaga hujjat topshirishdan avval batafsil: yoʻriqnoma bilan tanshing.

Aspirantura (PhD). Joy – jami 105 ta.

Mavjud yoʻnalishlar:

  1. Ariza topshirish. Dedlayn 22-iyul. Ariza onlayn tarzda toʻldiriladi va quyidagi hujjatlar tizimga yuklanadi:
  • Motivatsion xat.
  • CV/rezyume.
  • 2 ta tavsiyanoma.
  • IELTS kamida 6,0 yoki TOEFL iBT kamida 80 ball yoki ekvivalent.
  • Diplom yoki transcript (agar mavjud boʻlsa).
  • Ariza topshirish jarayonida tanlangan soha boʻyicha ilmiy rahbar oʻrsatilishi kerak. Ilmiy rahbarlar haqida ma’lumot yuqorida koʻrsatilgan kurslarning sahifalarida mavjud. Tanlagan ilmiy rahbaringizning ismi-sharifi, e-mail va telefonlarini koʻrsatish lozim.
  1. Saralash bosqichi. Bu bosqichda nomzodlar suhbatdan hamda ingliz tilidan testdan oʻtadilar.

Dedlayn: 22-iyul. Oʻqishga hujjat topshirish va oʻqish bepul!

Aspitantura (PhD)ga hujjat topshirishdan avval batafsil: yoʻriqnoma bilan tanshing.

Taqdim etilgan barcha hujjatlar ingliz tilida boʻlishi zarur. Ingliz tilida boʻlmagan hujjatlar notarial qasdiqlangan tarjimasi bilan yuborilishi kerak. Ariza topshirish jarayoni haqida batafsil shu yerda bilib oling.

Ma’lumot uchun: admissions@skoltech.ru

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!