×

Rossiya: Olimpiadada ishtirok eting va HSEda oʻqish imkoniyatiga ega boʻling!


Grant

MUHLAT

14.10.2019

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Rossiya Federatsiyasi

O'QILGAN

3592 marta

Rossiyaning Higher School of Economics National Research University 2019-yilning 24-31-oktabr kunlari boʻlib oʻtadigan Global Scholarship Competition olimpiadasida qatnashishga taklif etadi. Ushbu olimpiadada 10-11-sinf oʻquvchilari, maktab bitiruvchilari, oliygohlarda tahsil olayotgan 30 yochgacha boʻlgan talabalar ishtirok etishlari mumkin.

Olimpiada onlayn va oflayn (masofadan) quyidagi fan va yoʻnalishlar boyicha rus va ingliz tillarida oʻtkaziladi:

Grant kimlar uchun?

10-11-sinf oʻquvchilari, maktab bitiruvchilari, 30 yoshgacha boʻlgan talabalar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Olimpiadada g‘olib bo‘lgan nomzodlar 2020-oʻquv yilida HSEning mos keladigan bakalavriat yoʻnalishlaridan birida oʻqish hamda stipendiya va grantlar olish imkoniyatini qoʻlga kiritadilar.

Talablar:

Nomzodlar quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  1. Barcha davlatlardan nomzodlar ariza topshirishi mumkin.
  2. 10-11-sinf oʻquvchilari, oliygohlarda tahsil olayotgan 30 yochgacha boʻlgan talabalar ishtirok etishlari mumkin.
  3. Nomzod rus yoki ingliz tilini yaxshi bilishi kerak. Chunki barcha fanlardan sinovlar rus va ingliz tilida boʻlib oʻtadi. Advertising and Public Relations, Design va Philology fanlari esa faqat rus tilida oʻtkaziladi.

Olimpiadaga oid talab va cheklovlar bilan batafsil: shu yerda tanishing.

Dasturga qabul jarayoni:

Olimpiadada qatnashish uchun onlayn tarzda roʻyxatdan oʻtish lozim. Roʻyxatdan oʻtish 2019-yil 20-maydan 14-oktabrga qadar amalga oshiriladi.

Hujjatlar tarkibi va ularni topshirish quyidagicha amalga oshiriladi:

  1. Dastlab shu yerdan qanday qilib oʻqishga kirish mumkinligi haqida ma’lumot oling.
  2. Soʻngra shu yerda kurslar bilan tanishing.
  3. 14-oktabracha onlayn roʻyxatdan oʻting. Roʻyxatdan oʻtayotganda fanlar tanlanadi. Olimpiadada 5 tagacha fan boʻyicha qatnashish mumkin. Roʻyxatdan oʻtish haqida batafsil ma’lumot: shu yerda Jarayonni boshlashdan avval yoʻriqnoma bilan toʻliq tanishib chiqing. Roʻyxatdan oʻtish jarayonida shaxsiy ma’lumotlar va motivatsion xat topshiriladi. Xat Word formatida, 1 bet, Times New Roman shriftida, 12 kegl hajmda, 1,5 oraliq intervalda boʻlishi kerak.
  4. Tanlangan kursga qarab olimpiadaning qaysi yoʻnalishida qatnashishingizni aniqlang.
  5. Onlayn yoki oflayn (masofadan) olimpiadada ishtirok eting.

Hujjat topshirish va talablar haqida batafsil: shu yerda tanishing.

Olimpiada jarayoni:

  1. 20-maydan 14-oktabrgacha – roʻyxatdan oʻtish.
  2. 2-sentabrdan 14-oktabrgacha – olimpiadaga tayyorlovchi vebinarlar oʻtkaziladi.
  3. 24-31-oktabrgacha – olimpiada sinovlari onlayn yoki oflayn tarzda boʻlib oʻtadi.
  4. 15-dekabrda natijalar e’lon qilinadi.
  5. 16-20-dekabrgacha gʻoliblar HSEga oʻqishga hujjat topshirish uchun taklif etiladilar.
  6. Yanvar oyida gʻolib va sovrindorlar taqdirlanadilar.

Bogʻlanish uchun:  interolymp@hse.ru

Telefon: +7 495 531 00 59

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!