×

Rossiya: Open Doors 2020; Gʻolib magistraturani Rossiyada oʻqiydi!


Grant

MUHLAT

18.12.2019

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Rossiya Federatsiyasi

O'QILGAN

3792 marta

Rossiyaning «Global Universities» Assotsiatsiyasi Open Doors 2020 olimpiadasida qatnashishga taklif etadi. Ushbu olimpiadada magistraturada tahsil olish istagida boʻlgan barcha nomzodlar ishtirok etishlari mumkin.

Olimpiada quyidagi fan va yoʻnalishlar boyicha rus va ingliz tillarida oʻtkaziladi:

Grant kimlar uchun?

Magistraturada tahsil olishni istaganlar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Olimpiadada g‘olib bo‘lgan nomzodlar 2020-oʻquv yilida Rossiyadagi mos keladigan magaistratura yoʻnalishlaridan birida oʻqish hamda stipendiya olish imkoniyatini qoʻlga kiritadilar.

Talablar:

Nomzodlar quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  1. Barcha davlatlardan nomzodlar ariza topshirishi mumkin.
  2. Magistraturada tahsil olish istagida boʻlgan barcha nomzodlar ishtirok etishlari mumkin.
  3. Nomzod rus yoki ingliz tilini yaxshi bilishi kerak. Chunki barcha fanlardan sinovlar rus va ingliz tilida boʻlib oʻtadi.

Olimpiadaga oid talab va cheklovlar bilan batafsil: shu yerda tanishing.

Dasturga qabul jarayoni:

Olimpiadada qatnashish uchun onlayn tarzda roʻyxatdan oʻtish lozim. Roʻyxatdan oʻtish uchun dedlayn muddati 2019-yil 5-oktabr, ammo olimpiada tashkilotchilari grantlar.uz ma’muriyatiga dedlayn muddatini 18-dekabrga qadar uzaytirganini ma’lum qildi.

Hujjatlar tarkibi va ularni topshirish quyidagicha amalga oshiriladi:

  1. Dastlab shu yerdan olimpiadada ishtirok etish qoidalari haqida ma’lumot oling.
  2. Soʻngra shu yerda yoki yuqorida koʻrsatilgan roʻyxatda berilgan havolalar orqali olimpiada yoʻnalishlari bilan tanishing. Har bir yoʻnalishga alohida oliy ta’lim muassasasi koordinatr sifatida biriktirilgan.
  3. 18-dekabrgacha onlayn roʻyxatdan oʻting. Roʻyxatdan oʻtish bilan birga portfolio toʻldiring. Bunda siz ishtirok etgan har qanday kurs/tanlov/sertifikatlar kerak boʻladi.

Hujjat topshirish va talablar haqida batafsil: shu yerda tanishing.

Olimpiada jarayoni:

  1. 5-oktabrdan 18-dekabrgacha – roʻyxatdan oʻtiladi va portfolio toʻldiriladi.
  2. 19-29-dekabr – portfoliolar tekshiriladi.
  3. 30-dekabr – birinchi saralash natijalari e’lon qilinadi.
  4. 2020-yil 15-30-yanvar – yakuniy bosqich.
  5. 2020-yil 15-yanvar-9-fevral yakuniy bosqich ishtirokchilari baholanadi.
  6. 2020-yil 10-fevral – yakuniy bosqich natijalar e’lon qilinadi.
  7. 2020-yil 11-18-fevral – appleyatsiya jarayonlari oʻtkaziladi.
  8. 2020-yil 20-fevral – olimpiada yakunlari va gʻoliblar e’lon qilinadi.

Bogʻlanish uchun:  opendoors@globaluni.ru

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!