×

Rossiya: Open Doors onlayn olimpiadasi; 400 nafar sovrindorlar Rossiyaning istalgan universitetida magistratura yoki PhD bosqichida grant asosida oʻqiydi!


Grant

MUHLAT

10.12.2023

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Rossiya Federatsiyasi

O'QILGAN

17240 marta

Rossiyaning «Global Universities» Assotsiatsiyasi Open Doors 2023 olimpiadasida qatnashishga taklif etadi. Ushbu olimpiadada magistratura va PhD bosqichida tahsil olish istagida boʻlgan barcha nomzodlar ishtirok etishlari mumkin. Olimpiada gʻoliblari Rossiyadagi istalgan universitetda toʻliq grant asosida oʻqish imkoniyatiga ega boʻladi. Oʻqish ingliz yoki ingliz tilida olib boriladi (tanlangan universitet, fakultetga qarab taʼlim tili turlicha boʻladi). Agar gʻolib rus tilida oʻqimoqchi boʻlsa va uning rus tili darajasi yetarl boʻlmasa, rus tili boʻyicha tayyorlov kursida tahsil olish huquqiga ham ega boʻladi.

Olimpiada ingliz va rus tillarida oʻtkaziladi. Olimpiada onlayn tarzda boʻlib oʻtadi va unda ishtirok etish bepul.

Olimpiada 14 ta yoʻnalish boʻyicha boʻlib oʻtadi. Ushbu yoʻnalishlar roʻyxati va ularning taʼrifi bilan BU YERDA batafsil tanishing.

Odatda mazkur olimpiada boʻyicha har yili 400 nafargacha ishtirokchi Rossiyada grant asosida oʻqish imkoniyatini qoʻlga kiritadi.

Grant kimlar uchun?

Magistratura va PhD bosqichida tahsil olishni istaganlar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Olimpiada gʻoliblari (winners) quyidagi imkoniyatlarga ega boʻladi:

  • 2024-2025 oʻquv yilida Rossiyadagi mos keladigan magistratura yoki PhD bosqichi yoʻnalishlaridan biriga imtihonsiz va kirish toʻlovisiz kirish.
  • Gʻoliblarning magistratura yoki PhD bosqichida oʻqish toʻlovi (toʻlov-kontrakt summasi) Rossiya hukumati tomonidan toʻliq qoplab beriladi.
  • Universitetlar tomonidan oylik stipendiya beriladi. Stipendiya miqdori universitetga qarab farq qiladi.

Shuningdek mukofot spvrindorlari (prize winners) kategoriyasi ham mavjud. Bu kategoriya boʻyicha sovringa munosib deb topilganlar kontrakt summasiga chegirma va/yoki boshqa imtiyozlarni qoʻlga kiritadi.

Talablar:

Nomzodlar quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  1. Rossiya Federatsiyasidan boshqa barcha davlatlar fuqarolari yoki fuqaroligi boʻlmagan shaxslar ishtirok etishi mumkin.
  2. Magistratura uchun olimpiadada qatnashmoqchi boʻlganlar bakalavrlik diplomiga ega boʻlishi yoki oxirgi kurs talabasi boʻlishi kerak.
  3. PhD bosqichi uchun olimpiada qatnashmoqchi boʻlganlar magistrlik diplomiga ega boʻlishi kerak.
  4. Nomzod ingliz yoki rus tilini yetarli darajada bilishi kerak. Olimpiada ham ingliz va rus tillari boʻladi, hujjatlarni ham yo ingliz tilida, yoki rus tilida topshirish lozim.

Olimpiadaga oid talab va cheklovlar bilan batafsil tanishing:

Dasturga qabul jarayoni:

Olimpiadada qatnashish uchun olimpiada platformasida roʻyxatdan oʻtish va portfolio toʻldirish lozim. Roʻyxatdan oʻtish va portfolio toʻldirishning oxirgi muddati –2023-yil 10-dekabr.

Olimpiada magistratura nomzodlari uchun 2 bosqichda, PhD nomzodlari uchun 3 bosqichda amalga oshiriladi. Bosqichlar quyidagicha boʻladi:

  1. Olimpiada uchun roʻyxatdan oʻtish va portfolida toʻldirish bosqichi. Bunda nomzodlar olimpiada platformasidan roʻyxatdan oʻtadi, roʻyxatdan oʻtishda ishtirok etish tilini tanlaydi hamda posrtfolio toʻldiriladi. Portfolio toʻldirishda soʻralgan maʼlumotlar kiritilib, zaruriy hujjatlar yuklanadi. Bu bosqich 2023-yilning 10-dekabrigacha boʻlib oʻtadi. 1-bosqich natijalari uzogʻi bilan 2-bosqich boshlanishiga 3 kun qolganda eʼlon qilinadi.
  2.  Vazifa bajarish. Bunda har bir fan (yoʻnalish) boʻyicha muayyan vazifa(lar) beriladi. Vazifani yechish uchun nomzodlarga 24 soat muhlat beriladi. Bu bosqich vazifalari 2 turdagi savollarni oʻzi ichiga oladi:
    – variantli savollar, yaʼni ishtirokchi savol javobini berilgan variantlar orasidan tanlaydi;
    – variantsiz savollar, yaʼni javobni ishtirokchining oʻzi yozadi.
    Bu bosqich 2024-yilning 9-18-yanvar kunlari boʻlib oʻtadi. Magistratura nomzodlari uchun shu bosqichdan soʻng olimpiada tugaydi va gʻoliblar aniqlanadi.
  3. Ilmiy rahbarlar bilan suhbat (faqat PhDga nomzodlar uchun). PhD nomzodlari 3 tagacha ilmiy rahbar tanlaydi va ular bilan suhbat qilinadi. Ular nomzodga ilmiy rahbarlik qilishga rozi boʻlishi yoki buni rad etishi mumkin. Bu bosqichdan muvaffaqiyatli oʻtganlar gʻolib hisoblanadi. Bu bosqich 2024-yilning 21-fevralidan 13-martigacha boʻlib oʻtadi.

Olimpiada bilan bogʻliq muhim sanalar bilan BU YERDA tanishing.

Gʻoliblar eʼlon qilingandan soʻng, gʻoliblar oʻqish uchun universitetni oʻzlari tanlaydi. Universitetdagi yoʻnalish esa gʻolibning olimpiadada qantashgan yoʻnalishiga mos boʻlishi lozim.

Gʻoliblar grant asosida oʻqishga xalqaro talaba sifatida qabul qilinishi uchun kerakli hujjatlarni topshirishi kerak boʻladi. Ushbu hujjatlar roʻyxati olimpiada natijalari eʼlon qilingandan keyin olimpiada loyihasi maʼmuriyati tomonidan 10 kun ichida eʼlon qilinadi.

MUHIM: Olimpiada ishtirokni boshlashdan oldin olimpiada qoidalarini (ingliz tilida yoki rus tilida) olimpiada rasmiy saytidagi barcha maʼlumotlarni (ingliz tilida yoki rus tilida) batafsil oʻqib chiqing.

Savollar yuzasidan BU YERDA murojaat qilishingiz mumkin.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!