×

Rossiya: РУССКАЯ РЕЧЬ – 2020: rus tili oʻqituvchilari uchun tanlov!


Grant

MUHLAT

25.07.2020

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Rossiya Federatsiyasi

O'QILGAN

6771 marta

РоссотрудничестваMustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi Federal Agentligi homiyligida tashkil etilgan “Русская речь – 2020” xalqaro tanloviga arizalar qabul qilinmoqda. Tanlov rus tili o’qituvchilarining ilmiy, uslubiy va ijodiy salohiyatini rag’batlantirish, shuningdek, rus tilini xorijiy, ona tili bo’lmagan tilda o’qitishda eng yaxshi zamonaviy yondashuvlar, texnologiyalar va usullarni ommalashtirish va tarqatishga qaratilgan.

Tanlovda quyidagi kasb egalari qatnashishlari mumkin:

  • Umumtaʻlim muassasalarining pedagogik xodimlari
  • Uzluksiz ta’lim muassasalarining o’qituvchilari
  • Kasbiy ta’lim muassasalarining professor-o’qituvchilari
  • Oliy ta’lim muassasalarining pedagogik xodimlari

Tanlov uch nominatsiya boʻyicha oʻtkaziladi:

  • Xorijiy yoki ona tili bo’lmagan til sifatida rus tilidagi eng yaxshi mashgʻulot (Лучшее занятие по русскому языку как неродому, иностранному)
  • Xorijiy yoki ona tili bo’lmagan til sifatida rus tilidagi eng yaxshi darslik (Лучшее учебное пособие по русскому языку как неродному, иностранному)
  • Xorijiy yoki ona tili bo’lmagan til sifatida rus tilidagi eng yaxshi onlayn ishlanma (Лучшая онлайн разработка в области русского языка как неродного, иностранного).

Grant kimlar uchun?

Rus tili oʻqituvchilari uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

  1. Tanlovning barcha qatnashchilariga ishtirok etganliklari haqidagi sertifikat beriladi.
  2. Musobaqaning g’olib va sovrindorlari quyidagilar bilan taqdirlanadilar:
  • Bepul malaka oshirish kursida oʻqish imkoniyati.
  • Elektron va bosma nashrlar.
  • Elektron kutubxonaga kirish uchun obuna.

Taqdirlash marosimi 2020-yil sentyabr oyida Moskvada bo’lib o’tadi.

Talablar:

Nomzod quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  1. Nomzod Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi davlatlaridan birining fuqarosi bo’lishi kerak.
  2. Nomod umumtaʻlim muassasasi pedagogik xodimi, uzluksiz ta’lim muassasasi o’qituvchisi, kasbiy ta’lim muassasasi professor-o’qituvchisi yoki oliy ta’lim muassasasining pedagogik xodimi boʻlishi mumkin.
  3. Nomzod oʻzi qatnashayotgan nominatsiya talablariga javob beradigan master-klasslar, interfaol ma’ruzalar, mualliflik darslari, oʻquv qoʻllanmalar, mobil ilovalar, saytlar, onlayn kurslar, elektron nashrlar, ijtimoiy tarmoqlardagi bloglar muallifi boʻlishi kerak. Batafsil maʼlumot shu yerda.

Dasturga qabul jarayoni:

Tanlovda ishtirok etish uchun 2020-yil 25-iyulgacha onlayn ariza topshirish zarur. Onlayn arizani toʻldirish uchun nomzodning shaxsiy maʼlumotlari, ish joyi, mansabi, yaratgan darslik, master-klass, interfaol ma’ruza, oʻquv qoʻllanma va h.k. lari yuklanishi kerak.

Muhim sanalar:

  • 25-mart 2020 – 25-iyul 2020 – arizalar va ishlanmalar qabuli
  • 25-iyul 2020 – 25-avgust 2020 – topshirilgan ishlarini baholash
  • 25-avgust 2020 – 15-sentabr 2020 – tanlov finalistlarining taqdimoti, mukofotlar topshirish marosimi (Moskva shahrida boʻlib oʻtadi)

Dastur haqidagi batafsil ma’lumotni grant beruvchining rasmiy saytidan olishingiz mumkin. Bogʻlanish uchun.

Tel: +7(499) 110-68-20

E-mail: konkurs@rus.study

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!