×

Rossiya Yandex Cup 2020: Dasturchilar uchun mukofot jamgʻarmasi 7 108 AQSh dollarlik tanlov!


Grant

MUHLAT

25.10.2020

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Rossiya Federatsiyasi

O'QILGAN

2041 marta

Yandex tashkiloti Yandex Cup 2020 tanlov dasturi uchun arizalar qabul qilmoqda. Ushbu dastur dasturchilar uchun moʻljallangan. Tanlovda Rossiya, Belorusiya, Qozogʻiston, Moldova, Ozarbayjon, Armaniston, Qirgʻiziston va Oʻzbekistonlik dasturchilar ishtirok eta oladilar.

Tanlovda ishtirok etuvchilar Yandex dasturi quyidagi yoʻnalishlar boʻyicha yaratuvchilari tomonidan taqdim etilgan masalalarni yechishlari kerak boʻladi:

Grant kimlar uchun?

Dasturchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Tanlov gʻoliblariga turli hajmdagi pul mablagʻlari beriladi. Mukofot hajmi quyidagicha:

  • Birinchi oʻrin: 300 000 RUB (taxminan 3 877 USD).
  • Ikkinchi oʻrin: 150 000 USD (taxminan 1 938 USD).
  • Uchinchi oʻrin: 100 000 USD (taxminan 1 292 USD).

Talablar:

Nomzod quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  1. Dasturda Rossiya, Belorusiya, Qozogʻiston, Moldova, Ozarbayjon, Armaniston, Qirgʻiziston va Oʻzbekistonlik fuqarolar qatnashishlari mumkin.
  2. Dasturning “Algoritm” yoʻnalishida Rossiya, Belorusiya, Qozogʻiston, Moldova, Ozarbayjon, Armaniston, Qirgʻiziston va Oʻzbekiston hamda boshqa davlat fuqarolar ham qatnashishlari mumkin.
  3. Nomzod 18 yoshga toʻlgan boʻlishi kerak.
  4. Nomzod tayyorlov hamda malaka (kvalifikatsion) bosqichda bir nechta yoʻnalishlarda ishtirok eta oladi, ammo finalda qatnashish uchun bitta yoʻnalishni tanlashi kerak.
  5. Tanlovda tajribali dasturchilar ham, endigina bu sohaga kirib kelgan havaskorlar ham qatnasha oladilar.
  6. Finalga chiqqan 20ta eng yaxshi finalistlardan Yandexda ishlash uchun bo’lajak xodimlar saralab olinadi.

Barcha talablar: shu yerda.

Dasturga qabul jarayoni:

Tanlovga hujjat topshirish onlayn tarzda 2020-yil 25-oktabrga qadar amalga oshiriladi.

Tanlov yoʻnalishlari:

Tanlov quyidagi bosqichlarda boʻlib oʻtadi:

  • 21-sentabr-18-oktabr – tayyorlov bosqichi. Bu bosqich majburiy emas, shunchaki, ishtirokchilarni tanlov masalalariga tayyorlash uchun tashkil etilgan.
  • 19-25-oktabr – kvalifikatsiya, ya’ni malaka bosqichi. Bu bosqich ham majburiy emas, bunda bir necha yoʻnalishlar boʻyicha musobaqa boʻladi va eng kuchli ishtirokchilar finalga chiqadilar.
  • 7-noyabr – final bosqichi.

Barcha ma’lumot: shu yerda va shu yerda berilgan. Shuningdek, tanlov Nizomi bilan ham tanishib chiqing.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!