×

Rossiya: Yovvoyi tabiat mavzusida fotosuratlar tanlovi; mukofot fondi – 5 000 AQSh dollar!


Grant

MUHLAT

29.02.2020

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Rossiya Federatsiyasi

O'QILGAN

2258 marta

2020-yilgi “Golden Turtle Wildlife Photography” yovvoyi tabiat fotosuratlari tanloviga arizalar qabul qilinmoqda. Tanlovning maqsadi yovvoyi tabiat aks etgan eng yaxshi asarlarni mukofotlash va yovvoyi tabiatni asrashni targʻib qilish. Tanlov soʻngida taqdimot marosimi, Moskva va Sankt Peterburgda koʻrgazmalar boʻlib oʻtadi.

Grant kimlar uchun?

Barcha professional va havaskor fotosuratchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Gʻoliblar quyidagicha mukofotlanadi:

  1. “Yil suratkashi” deb topilgan asosiy sovrindor 2 000 AQSh dollari bilan mukofotlanadi, shuningdek:
  2. “Hayvon portreti” (the Portrait of the animal) nominatiyasi boʻyicha birinchi oʻrin uchun 1 000 AQSH dollari.
  3. “Hayotning uygʻunligi” (Harmony of life) nominatsiyasi boʻyicha birinchi oʻrin uchun 1 000 AQSh dollari.
  4. “Microkosm” (hasharotlar va mikroorganizmlar) nominatsiyasi boʻyicha birinchi oʻrin uchun 1 000 AQSh dollari miqdorida mukofotlar ajratilgan.
  5. Nominatsiyalar boʻyicha keyingi oʻrin gʻoliblariga esdalik sovgʻalar va sertifikatlar topshiriladi.

Talablar:

Nomzodlar quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  1. Barcha davlatlar fuqarolari ushbu tanlovga ariza bera oladilar
  2. Bu fototanlovda tanlov tashkilotchilari va hay’at a’zolaridan tashqari hamma qatnashishi mumkin.

Tanlovga taqdim etilayotgan rasmlar uchun texnik talablar:

  • Format: JPEG boʻlishi kerak.
  • Oʻlchamlari: gorizontal ishlar uchun – 1400 piksel gorizontal ravishda; vertikal ishlar uchun – vertikal ravishda 1400 piksel
  • Rasm hajmi- koʻpi bilan 600 KB.
  • Surat taqdim etilayotganda kiritilgan nom va fotosuratning nomi bir-biriga mos (masalan: “oq yoʻlbars” deb nomlangan suratni onlayn tarzda joylashda oq_yoʻlbars deb kiritish lozim).

Hay’atning talabiga binoan qayta taqdim etilayotgan original rasmlar uchun texnik talablar:

  • Format – JPEG (imkon qadar yuqori sifat bilan) va TIFF.
  • Tahrir qilingan rasmlar tahrirdan oldingi RAW holatda.
  • Ishning hajmi kamida 30 dyuym oʻlchamdagi 240 dpi ruxsatda chop etishga ruxsat berishi kerak. Koʻrish hajmi kattaligi (80×120 sm) uchun tegishli sifatni saqlab qolish uchun tasvir hajmi yetarli boʻlmasa, tasvirni tahrir qilish dasturlari yordamida tasvirni «uzaytirish» tavsiya etilmaydi. San’atning yakuniy bosqichiga oʻtishda bunday operatsiyalar Festival Texnik Ekspertining rahbarligi ostida oʻtkaziladi.

Dasturga qabul jarayoni:

Tanlov uchun hujjatlarni 2020-yil 29-fevralgacha topshirish lozim. Fotosuratlaringizni tanlov uchun shu yerga taqdim etishingiz mumkin.

Tanlovning birinchi bosqichi- ishlarni onlayn tarzda taqdim etish. Saralab olingan nomzodlar keyinchalik yarim final va finalga yoʻl oladilar.

Tanlov qatnashchisi quyidagi ma’lumotlarni ham taqdim etishi zarur:

  1. Muallifning ismi.
  2. Fotosuratga izoh (izohning uzunligi 1000 belgidan oshmagan holda suratga olish jarayoni va oʻziga hos jihatlarini ifodalashi kerak).
  3. Foydalanilgan kamera haqida malumot (kamera modeli, linzasi va qoʻshimcha holda ishlatilgan boshqa jihozlar).
  4. Rasmga tushirish parametrlari (optik ta’sir qilish, diafragma, foto sezgirligi va boshqalar).
  5. Rasmdagi hayvon turi yoki zoti.

Eslatmalar:

  • Tanlovga bir nominatsiya uchun faqat bitta rasm taqdim etish mumkin;
  • Bir muallif tomonidan 20 tadan ortiq fotosurat taqdim etilishi mumkin emas;
  • Taqdim etilayotgan rasm olinganiga uch yildan oshmagan boʻlishi shart;
  • Tanlovga uy hayvonlari suratlari qabul qilinmaydi.

Tanlov shartlari bilan shu yerda, nominatsiyalar bilan esa shu yerda tanishing.

Ma’lumot uchun: shu yerga murojaat qiling.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!