×

Ruminiya: Barcha bosqichlar uchun toʻliq grantlar; joy – 85 ta!


Grant

MUHLAT

16.03.2020

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Ruminiya

O'QILGAN

3558 marta

Ruminiyaning Ministry of Foreign Affairs (MFA – Tashqi Ishlar Vazirligi) hamda Ministry of Education and Research (MER – Taʻlim va Tadqiqot Vazirligi) tomonidan 2020-2021 oʻquv yilida bakalavr, magistratura, PhD bosqichida oʻqishini boshlovchi talabalar uchun grantlar taqdim etilmoqda. Grantlar architecture, visual arts, Romanian culture and civilization, journalism, political and administrative sciences, education sciences, social and human sciences, technical studies, oil and gas, agricultural sciences, veterinary medicine yoʻnalishlari boʻyicha Ruminiya OTM`larida oʻqish uchun ajratiladi. Grantlar bakalavr bosqichi uchun 3-6 yilga, magistratura uchun 1.5-2 yilga, PhD uchun 3-4 yilga beriladi. Grantlar faqat rumin tilida olib boriladigan kurslar uchun ajratiladi. Rumin tilini bilmaydigan nomzodlar uchun til kurslarida qatnashish imkoniyati beriladi. Barcha bosqichlar uchun jami 85 nafar talabaga grant ajratish rejalashtirilgan. Hujjat topshirish mumkin boʻlgan OTM`lar roʻyxati bu yerda.

Grant kimlar uchun?

Bakalavr, magistratura va PhD bosqichilari uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Grantni yutib olgan talabaga quyidagi imkoniyatlar yaratib beriladi:

  • Bepul roʻyxatdan oʻtish.
  • Bepul oʻqish.
  • Talabalar yotoqxonasi bepul yashash.
  • Kundalik xarajatlar uchun stipendiya: rumin tili kursi/bakalavr bosqichi uchun oyiga 65 yevro magistratura uchun 75 yevro, PhD uchun 85 yevro. Batafsil maʼlumot bu yerda.

Talablar:

Nomzodlar quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  1. Nomzod Ruminiya/Yevropa Ittifoqi fuqarosi boʻlmasligi kerak.
  2. Nomzod yuqori maktab/bakalavr/magistr diplomiga ega boʻlishi kerak.
  3. Nomzod yuqoridagi yoʻnalishlardan biri boʻyicha Ruminiya oliygohlaridan birining bakalav/magistratura/PhD bosqichiga hujjat topshirgan/qabul qilingan boʻlishi kerak.
  4. Medicine, dental medicine va pharmacy yoʻnalishlari uchun grant ajratilmaydi.
  5. Grantlar faqat rumin tilida olib boriladigan kurslar uchun ajratiladi.
  6. Nomzod rumin tilida kamida B1 darajasiga ega boʻlishi yoki bundan oldingi bosqichda rumin tilini asosiy til sifatida oʻqigan boʻlishi kerak.
  7. Rumin tilini bilmaydigan nomzodlar uchun 1 yillik bepul til kurslarida qatnashish imkoniyati beriladi.
  8. Nomzod aʼlochi boʻlishi kerak.
  9. Nomzod bakalavr/magistratura bosqichi uchun 35 yoshdan, PhD uchun 45 yoshdan katta boʻlmasligi kerak. Batafsil maʼlumot bu yerda.

Dasturga qabul jarayoni:

Grant dasturida ishtirok etish uchun nomzod hujjatlarini Ruminiya OTM`laridan biriga topshirshi va 2020-yil 16-martgacha Ruminiyaning Oʻzbekistondagi Elchixonasi orqali Ruminiya Tashqi Ishlar Vazirligiga ariza berishi kerak. Hujjat topshirish mumkin boʻlgan OTM`lar roʻyxati bu yerda.

Grant natijalari 2020-yil 15-iyunda eʼlon qilinadi.

Eslatma: Ruminiyaning Oʻzbekistondagi Elchixonasi Toshkent shahri, Rejametov koʻchasi, 44A uyda joylashgan. Murojaat uchun tel: +99871 2526355 +99871 2526888 fax: +99871 1207567 e-mail: romanian_embassy@sarkor.uz

 Kerakli hujjatlar:

  1. Ruminiyaning Oʻzbekistondagi Elchixonasi tomonidan rasmiy xat.
  2. MFA application form: Appendix 1 (grantga ariza berish uchun).
  3. MER application form: Appendix 2 (oliygohga ariza berish uchun).
  4. Bundan oldingi bosqich diplomi.
  5. Diplom ilovasi.
  6. Tugʻilganlik haqidagi guvohnima nusxasi.
  7. Passortning birinchi 3 ta sahifasi nusxasi.
  8. Tibbiy ma’lumotnoma.
  9. CV/rezume.
  10. Passport hajmidagi rasm – 2 ta.

Barcha hujjatlar ingliz/fransuz yoki rumin tilida boʻlishi kerak. Boshqa tildagi hujjatlar notarial tasdiqlangan tarjimasi bilan toshirilishi zarur. Hujjat topshirish tartibi va kerakli hujjatlar tarkibi haqidagi toʻliq maʼlumot: bu yerda.

Bogʻlanish uchun:

Tel: +99871 2526355 +99871 2526888

Fax: +99871 1207567

e-mail: romanian_embassy@sarkor.uz

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!