×

Russia-Balkan Youth Forum: Rossiyada 18-35 yoshlilar uchun barcha xarajatlari qoplanadigan 4 kunlik forum!


Grant

MUHLAT

20.05.2022

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Rossiya Federatsiyasi

O'QILGAN

3544 marta

Tatariston Respublikasi Yoshlar ishlari vazirligi va Islom Hamkorlik Tashkilotining Yoshlar forumi (ICFY) Rossiya-Bolqon yoshlar forumini tashkillashtirmoqda.

Forum 2022-yil 23-26-iyun kunlari Tatariston Respublikasi (Rossiya Federatsiyasi), Qozon shahrida boʻlib oʻtadi. Biroq ishtirokchilar ushbu forumda oʻz xohishiga koʻra onlayn, oflayn va gibrid (onlayn va oflayn aralash) shaklda qatnashishi mumkin.

Forumning maqsadi – strategik manfaatdor tomonlar o‘rtasida tadbirkorlik, ijodkorlik sohalari va xalq diplomatiyasi kabi sohalarda yoshlarning rolini kuchaytiruvchi samarali muloqotni tashkil etish uchun Rossiya, Bolqon va Islom Hamkorlik Tashkiloti davlatlaridan boʻlgan yosh yetakchilar va faollarni birlashtirish.

Forum quyidagi 3 yoʻnalish boʻyicha tashkil etiladi:

  1. Tadbirkorlik.
  2. Ijodkorlik sohalari.
  3. Xalq diplomatiyasi.

Forum ingliz tilida olib boriladi.

Islom Hamkorlik Tashkilotiga Oʻzbekiston, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Tojikiston, Afgʻoniston va Turkmaniston ham aʼzo, shu sababli mana shu davatlar fuqarolari ham ushbu forumda qatnashish uchun ariza topshira oladi.

Dastur maqsadi va vazifalari bilan BU YERDA batafsil tanishishingiz mumkin.

Grant kimlar uchun?

18-35 yoshlilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Forumda qatnashish uchun qabul qilingan nomzodlar quyidagi imtiyozlar bilan taʼminlanadi:

  • Safar xarajatlari qoplanadi.
  • Turar joy va dasturga qatnashish bilan bogʻliq boshqa xarajatlar qoplanadi.
  • Dasturda toʻliq ishtirok etganlar maxsus sertifikat bilan taqdirlanadi.

Talablar:

Dasturga saralash mezonlari forumning har bir sohasiga qarab farq qiladi. Ular quyidagicha:

Tadbirkorlik yoʻnalishi uchun:

  • Rossiya, Bolqon va Islom Hamkorlik tashkilotiga aʼzo davlatlar, shuningdek musulmon ozchilikni tashkil qilauvchi davlatlardan boʻlgan tadbirkorlar ariza berishi mumkin.
  • Axborot texnologiyalari sohasida oʻziga xos biznes loyihasiga ega boʻlish kerak.
  • 18-35 yosh boʻlish kerak.
  • Ingliz tilida muloqot qila olishi kerak.
  • Tadbirkorlik sohasida yoshlarga oid loyihalar ustida ishlash tajribasiga ega boʻlish kerak.
  • Forumda vakillari ishtirok etgan davlatlarga oʻz loyihalarini kengaytirishga tayyor boʻlishi kerak.
  • Oʻzining mahalliy jamiyatida taʼsirga ega yetakchi boʻlish kerak.
  • Forum mashgʻulotlarida toʻliq va faol qatnashish masʼuliyati va istagiga ega boʻlish kerak.

Ijodkorlik sohalari yoʻnalishi uchun:

  • Rossiya, Bolqon va Islom Hamkorlik tashkilotiga aʼzo davlatlar, shuningdek musulmon ozchilikni tashkil qilauvchi davlatlardan boʻlgan yosh dizaynerlar ariza berishi mumkin.
  • 18-35 yosh boʻlish kerak.
  • Etnobrending sohasida tajribaga ega boʻlish kerak.
  • Ingliz tilida muloqot qila olish kerak.
  • Ijodkorlik sohalarida yoshlarga oid loyihalar ustida ishlash tajribasiga ega boʻlish kerak.
  • Forumda vakillari ishtirok etgan davlatlarga oʻz loyihalarini kengaytirishga tayyor boʻlishi kerak.
  • Oʻzining mahalliy jamiyatida taʼsirga ega yetakchi boʻlish kerak.
  • Forum mashgʻulotlarida toʻliq va faol qatnashish masʼuliyati va istagiga ega boʻlish kerak.

Xalq diplomatiyasi yoʻnalishi uchun:

  • Rossiya, Bolqon va Islom Hamkorlik tashkilotiga aʼzo davlatlar, shuningdek musulmon ozchilikni tashkil qilauvchi davlatlardan boʻlgan xalq diplomatiyasi sohasida jamoatchilik fikri yetakchilari ariza berishi mumkin.
  • 18-35 yosh boʻlish kerak.
  • Ingliz tilida muloqot qila olish kerak.
  • Xalq diplomatiyasi sohasida yoshlarga oid loyihalar ustida ishlash tajribasiga ega boʻlish kerak.
  • Oʻzining mahalliy jamiyatida taʼsirga ega yetakchi boʻlish kerak.
  • Forum mashgʻulotlarida toʻliq va faol qatnashish masʼuliyati va istagiga ega boʻlish kerak.

 

Dasturga qabul jarayoni:

Forumga arizalar 2022-yil 20-maygacha qabul qilinadi. Onlayn arizasni BU YERDA toʻldirish va topshirish mumkin.

Ariza topshirishda soʻralgan maʼlumotlarni kiritish va quyidagi hujjatlarni yuklash kerak:

  • Yaroqli xorijga chiqish pasporti nusxasi.
  • CV. CV biror boshqa yerga joylanib, ariza shaklida CVga havola joylanishi kerak.
  • Nomzod oʻzi va uning kasbiy tajribasi haqida maʼlumot beruvchi 2 daqiqadan oshmaydigan video ham tayyorlashi, uni biror yerga joylashi va ariza shaklida shu videoga havolani joylashi kerak.

MUHIM: Ariza topshirishda kirishishdan oldin dastur haqidagi rasmiy eʼlon bilan batafsil tanishib chiqing.

Savollar yuzasidan quyidagi kontaktlarga murojaat qilishingiz mumkin:

Sergei Utkin, Dastur koordinatori:
Email: kazan@oicyouthcapital.com; Telefon:+7 999-154-93-93

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!