×

Janubiy Koreya: yoshlar forumida qatnashish uchun grant dasturi; joy – 20 ta!


Grant

MUHLAT

12.10.2018

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Janubiy Koreya

O'QILGAN

6931 marta

Koreyaning Seul shahrida Inson Huquqlari mavzusida o’tkazilayotgan 6-“Inson Huquqlari va Osiyo” qishki maktabiga doktorantura talabalari, yosh mutaxassislar, huquqshunoslar, faollar hamda milliy va xalqaro xalq xizmatchilaridan arizalar qabul qilinmoqda. Ikki haftalik qishki maktabning markaziy mavzusi Iqtisodiy va Ijtimoiy Huquqlar. Maktab Seul Milliy Universitetining Inson Huquqlari markazida bo’lib o’tadi va darslar davomida qatnashchilar turli ma’ruzalar, prezentatsiyalar, munozaralar va shu kabi foydali mashg’ulotlar bilan shug’ullanadilar. Kurs davomida ijtimoiy va iqtisodiy inson huquqlari Osiyo misolida tahlil qilinadi va qatnashchilarning shu mavzudagi bilimlarini chuqurlashtirish uchun kerakli tayyorlovlar olib boriladi. Qishki maktab 2019-yilning 7-yanvaridan 18-yanvariga qadar davom etadi. Yozgi maktab uchun 20 nafar qatnashchi saralab olinishi rejalashtirilgan.

Grant kimlar uchun?

Doktorantura talabalari, yosh mutaxassislar, huquqshunos va aktivistlar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Dasturning barcha qatnashchilariga tashkilotchilar tomonidan quyidagi imkoniyatlar yaratib beriladi:

  1. Qatnashchilarning aviachipta xarajatlari qoplab beriladi (zarur bo’lsa).
  2. Qatnashchilarning viza xarajatlari qoplab beriladi (agar zarur bo’lsa).
  3. Qatnashchilarga Seul Universiteti binosida turar-joy tashkil qilib beriladi.

Grant oziq-ovqat, stipendiya va shu kabi yuqorida ko’rsatilmagan xarajatlarni o’z ichig olmaydi.

Talablar:

Dasturda qatnashish uchun nomzod ko’rsatilgan sohalar vakili bo’lishi va ingliz tilini yaxshi bilishi zarur.

Dasturga qabul jarayoni:

Qishki makabga hujjat topshirish uchn quyidagi hujjatlar kerak bo’ladi:

  1. Ariza (barcha hujjatlar uchun ishlatilishi kerak blankalar bu yerda).
  2. Motivatsion xat.
  3. Tadqiqot rejasi.
  4. Article review (konferensiyada so’zlanadigan nutq, perezentatsiyaning qisqacha mazmuni).
  5. CV.
  6. Tavsifnoma.
  7. Passport nusxasi.

Hujjat topshirayotganda:

  1. 1-4-raqamli hujjatlarni tayyorlab, ularning barchasini bitta word hujjatiga joylang, sarlavhaga esa “Familiya Ism Application 2019 deb yozing. Masalan, “Rahimov Rustam Application 2019”.
  2. CV ni yuklayotganda ham “Familiya Ism CV 2019” deb nom qo’ying.
  3. Barcha hujjatlarni 2018-yil 12-oktabrdan kechiktirmay hr-courses@snu.ac.kr elektron manziliga yuboring. Bunda xatning sarlavhasiga “Familiya Ism 2019 (masalan, Rahimov Rustam 2019)” deb yozib, jo’nating.
  4. Tavsiyanomani nomzodning o’zi taqdim etishi mumkin emas. Shuning uchun tavsiya beruvchining o’zi uni yozib, imzolab hr-courses@snu.ac.kr elektron manziliga PDF hujjat shaklida jo’natishi, bunda o’zi haqida ma’lumotlarni ham kiritishi kerak. Tavsiyachi ismi, familiyasi, ish joyi va emailini yozishi kerak. Tavsiya jo’natilayotgan emailning sarlavhasi “nomzodning familiyasi Ismi – Recommendation 2019” deb (masalan, Rahimov Rustam – recommendation 2019) nomlagan holda jo’natishi zarur.

Ma’lumot uchun +82 (0)2 880-2426 raqamiga yoki hr-courses@snu.ac.kr elektron manziliga murojaat qilishingiz mumkin. Rasmiy saytda ham muhim ma’lumotlar berilgan.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!