×

Sabanci Universiteti: Turkiyada magistratura va doktorantura uchun oylik stipendiya, bepul turar-joy, noutbuk va tibbiy sug’urta!


Grant

MUHLAT

18.08.2020

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Turkiya

O'QILGAN

4756 marta

Turkiyada joylashgan Sabanci universiteti tomonidan taqdim etiladigan Full Scholarship grant dasturiga arizalar qabul qilinmoqda. Ushbu grantlar shu universitet magistratura va doktorantura kurslarida o’qish uchun beriladi. Sabanci universitetida mavjud magistratura va doktorantura kurslari ro’yxati bilan bu yerda tanishing.

Grant kimlar uchun?

Magistratura va doktoranturada o’qishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Grant yutib olgan talabalarga quyidagilar taqdim etiladi:

  1. Magistratura kursi uchun oyiga 2 500 lira (358 AQSh dollari), doktorantura uchun oyiga 3 000 lira (429 AQSh dollari) stipendiya Doktoranturaga o’qishga qabul qilinib, o’qish davomidagi ilk imtihonlarni topshirgan doktorantlarning stipendiyasiga yana 200 lira qo’shib beriladi.
  2. Universitet yotoqxonasidan magistratura talabalari uchun ikki kishilik, doktorantura talabalari uchun bir kishilik xonalar bepul ta’minlanadi.
  3. Grantni yutib olgan barcha talabalarga transport xarajatlari uchun 500 lira (71 AQSh dollari) mablag’ beriladi va salomatliklari sug’urta qilinadi.
  4. Talaba noutbuk bilan ta’minlanadi.
  5. Doktorantura uchun grant yutgan talabaga chet elda bir semestrlik tadqiqot qilish xarajatlari qoplab beriladi.
  6. Grant yutib olgan barcha talabalarga maqola chop etish uchun qo’shimcha yordam

Talablar:

  • Nomzod magistraturaga qabul qilinish uchun bakalavr diplomiga, doktoranturaga qabul qilinish uchun magistratura diplomiga ega bo’lishi kerak.
  • Nomzodning baholar juda yuqori bo’lishi zarur. Grantlar nomzodning baholariga asosan belgilanadi.
  • Nomzod hujjat topshirayotgan kursi qaysi tilda o’qitilishidan kelib chiqib, ingliz yoki turk tilini yaxshi bilishi kerak.
  • Nomzod hujjat topshirgan kurs va u ilgari tamomlagan kurs yo’nalishlari bir-biriga mos bo’lishi kerak (istisnolar ham mavjud).
  • Universitetda juda ko’p magistratura va doktorantura kurslari mavjud bo’lib, har biri uchun alohida qabul talablari mavjud. Ular bilan bu yerdatanishing.

Dasturga qabul jarayoni:

Sabanci universiteti magistratura va doktorantura kurslariga hujjatlar 2020-yil 18-avgustgacha qabul qilinadi. O’qish 2021-yil boshlanadi. Arizalarni bu yerda topshirishingiz mumkin. Ariza topshirish oldidan tadqiqot mavzulari bilan tanishib chiqish kerak. Hujjat topshirish jarayoni haqida batafsil ma’lumotni bu yerdan olishingiz mumkin. Murojaat uchun studentinfo@sabanciuniv.edu elektron manziliga xabar yo’llashingiz mumkin.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!