×

Sahro mavzusida fotosuratlar tanlovi; mukofot fondi – 600 yevro!


Grant

MUHLAT

14.10.2019

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

O'zbekiston

O'QILGAN

1755 marta

Germaniyaning Central Asian Desert Initiative (CADI) loyihasi tashabbusi bilan tashkil etilgan «Пустыня в фокусе» barcha iqtidorli fotograflarni navbatdagi tanlovda ishtirok etishga taklif etadi. Bu yilgi mavzular – Sahro tabiati hamda Inson va sahro. Tanlovda Eron, Qozogʻiston, Xitoy, Moʻgʻuliston, Turkmaniston va Oʻbekiston choʻllarida olingan suratlar bilan ishtirok etish mumkin.

Grant kimlar uchun?

Fotosuratchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Tanlov sovrindorlari quyidagi pul mukofotlari bilan taqdirlanadilar:

  • 1-oʻrin – 300 yevro.
  • 2-oʻrin – 200 yevro.
  • 3-oʻrin – 100 yevro.

Umumiy mukofot fondi 600 yevro. Barcha pul mukofotlari hajmi haqida toʻliq: shu yerda tanishing.

Talablar:

Nomzodlar quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  1. Barcha davlatlardan nomzodlar ishtirok eta oladilar.
  2. Tanlovda Eron, Qozogʻiston, Xitoy, Moʻgʻuliston, Turkmaniston va Oʻbekiston choʻllarida olingan suratlar bilan ishtirok etish mumkin.
  3. Bir ishtirokchi taqdim etgan fotosuratlar soni 5tadan oshmasligi zarur.
  4. Taqdim etiladigan fotosuratlarga qoʻyilgan texnik talablar:
  5. Tanlovga taqdim etilayotgan fotosuratlar avval nashr etilmagan va olinganiga 3 yildan oshmagan boʻlishi zarur.
  6. Tanlov uchun taqdim etilayotgan ishlar avval boshqa biror tanlovda qatnashmagan boʻlishi lozim.
  7. Taqdim etilayotgan fotosurat sovringa munosib topilganda muallif suratning asl nusxasini topshirishi shart.
  8. Tanlov shartlari buzilganda mukofot bekor qilinadi.
  9. Tanlov qoidalariga mos kelmaydigan suratlar qabul qilinmaydi.

Tanlov boʻyicha toʻliq talablar: shu yerda.

Dasturga qabul jarayoni:

Arizalar 2019-yil 14oktabrgacha qabul qilinadi. Tanlovda qatnashish uchun nomzod: shu yerdan arizani yuklab olib, toʻldirishi va fotosurat bilan birgalikda cadiphoto@gmail.com manziliga joʻnatishi kerak. Fotosurat va ishtirok boʻyicha barcha ma’lumot bilan: shu yerda tanishing.

Ma’lumot uchun: cadiphoto@gmail.com manziliga murojaat qiling.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!