×

Saint Louis University: AQSHda bakalavr kurslari uchun 25 000 AQSh dollargacha grantlar


Grant

MUHLAT

01.12.2021

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

AQSh

O'QILGAN

2331 marta

AQSHning Missuri shtatida joylashgan Saint Louis University bakalavr bosqichi talabalariga The Billiken, Ignatian, University, Deans’ Scholarships, Vice Presidents’ Scholarships kabi bir qator grant dasturlarini taklif etmoqda. Grantlarning barchasi 2022-yilda oliygohning bakalavr kurslaridan birida oʻqishini boshlaydigan talabalar uchun moʻljallangan. Grant dasturidan maqsad aʼlochi, iqtidorli, yuqori potensialli talabalarni moddiy jihatdan qoʻllab-quvvatlash.

Grant kimlar uchun?

Bakalavr bosqichida oʻqishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Grantlar 4 yillik bakalavr kursi davomida yillik 8000 dan 25 000 AQSh dollarigacha miqdorda ajratiladi. Grantning keyingi oʻquv yiliga uzaytirilishi uchun talabaning GPA koʻrsatkichi 2.0/4.0 dan 3.2/4.0 ballgacha (grant turiga qarab) boʻlishi talab etiladi.

Talablar:

Nomzodga qoʻyilgan talablar quyidagicha:

  1. Nomzod istalgan davlat fuqarosi boʻlishi mumkin.
  2. Nomzod St. Louis Universityʼning 2022- yilda boshlanadigan bakalavr kursiga (full time) hujjat topshirishi kerak.
  3. Nomzod universitet qabul talablariga javob berishi kerak.
  4. Nomzod yuqori akademik koʻrsatkichlarga ega boʻlishi kerak.
  5. Nomzod ingliz tilini yaxshi bilishi zarur (kamida IELTS 6.5/TOEFL iBT 80 ball).

Nomzodlarga qoʻyilgan talablar bilan shu yerda batafsil tanishing.

Dasturga qabul jarayoni:

Grant dasturiga alohida hujjat topshirish talab etilmaydi. Universitetning bakalavr bosqichiga qabul qilingan talabalarning barchasi avtomatik tarzda grant uchun nomzod hisoblanadi.

Universitetga hujjat topshirish uchun nomzod 2021-yil 1-dekabrgacha BU YERDA onlayn arizani toʻldirishi va talab etilgan hujjatlarni taqdim etishi kerak. Ariza namunasi: shu yerda.

Kerakli hujjatlar:

  1. Onlayn ariza
  2. Maktab attestati, kollej/litsey diplomi
  3. Baholardan koʻchirma (diplom ilovasi)
  4. Til sertifikati (kamida IELTS 6.5 yoki TOEFL iBT 80 ball).
  5. CV/rezyume
  6. Tavsiyanoma

Hujjat topshirish jarayoni haqidagi batafsil ma’lumot shu yerda.

Grant haqidagi qoʻshimcha ma’lumotni grant beruvchining rasmiy saytidan bilib olishingiz mumkin. Murojaat uchun:

Tel: 1-800-758-3678

E-mail: admission@slu.edu.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!