×

Qozogʻiston: Oʻzbekistonlik nomzodlar uchun “Samarali Telegram-jurnalistika” treningi; barcha xarajatlar qoplanadi!


Grant

MUHLAT

08.05.2023

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Qozog'iston

O'QILGAN

1842 marta

Internews xalqaro nohukumat tashkiloti 2023-yilning 2226 may kunlari Qozogʻistonning Olmaota shahrida “Samarali Telegram-jurnalistika” intensiv-treningini tashkil qilmoqda.

Bu intensiv-trening oʻzbekistonlik jurnalist, muharrir va blogerlarga Telegram kontentning joriy formatlarini, auditoriya bilan muloqot qilishning samarali usullarini oʻzlashtirishga yordam beradi.

Treningda ishtirokchilar qanday qilib samarali axborot siyosatini olib borish, qanday standart va usullar bilan har xil tur va formatdagi materiallarni yaratish, fotograf, operator va dizaynerlar yordamisiz munosib vizual kontent barpo qilish, marketing va kanalni ilgari surish sirlarini oʻrganadi.

Onlayn trening davomida koʻrib chiqiladigan va oʻzlashtiriladigan mavzular:

  • Telegram-jurnalistika: tendensiyalar, auditoriya xususiyatlari, rivojlanish istiqbollari;
  • Telegramyangiliklar: asosiy formatlar, strukturaviy xususiyatlar, taqdimqilish;
  • Yangilikdan tashqari jurnalistika: ommabop formatlar, “uzun” matnlarni tuzish va taqdim etish xususiyatlari;
  • Vizual kontent: formatlar, vositalar, MOJO;
  • Telegramorqaliishlash mexanikasi: platformaning texnik imkoniyatlari, vositalar, qoʻllanmalar, layfxaklar.
  • Rivojlantirish va monetizatsiya

Mashgʻulotlar rus tilida olib boriladi, lekin oʻzbek tilida sinxron tarjima ham taʼminlanadi (yaʼni rus tilini bilmaganlar ham ariza topshirish va qatnashishi mumkin).

Grant kimlar uchun?

Oʻzbekistonlik professional jurnalistlar va onlayn OAV muharrirlari va bloggerlar

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Dasturga qabul qilinganlar quyidagi moddiy imtiyozlarga ega boʻladi:

  • Treningda ishtirok etish bepul
  • Safar xarajatlari toʻlab beriladi
  • Bepul turar joy va oziq-ovqat  taʼminlanadi

Talablar:

Dastur talablari quyidagicha:

  • Oʻzbekistonlik professional internet-OAV va Telegram-media jurnalistlari, muharrirlar va blogerlar ariza topshirishi mumkin.
  • Trening davomida amaliy topshiriqlar beriladi – shunga koʻra, treningning barcha ishtirokchilari shaxsiy kompyuter va smartfonga ega boʻlishi shart.
  • Xorijga chiqish pasportiga ega boʻlish lozim. Xorijga chiqish pasporti boʻlmagan nomzodlarning arizalari koʻrib chiqilmaydi.

Dasturga qabul jarayoni:

Treningda ishtirok etish uchun arizalar Toshkent vaqti bilan 2023-yil 7-may soat 23.00 gacha qabul qilinadi.

Roʻyxatdan oʻtish uchun onlayn ariza shaklini toʻldiring. Arizani rus yoki oʻzbek tilida toʻldirish mumkin.

Barcha savollar bilan ekhmelevskaya@internews.org elektron pochta manziliga murojaat qilishingiz mumkin.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!