×

San Diego Latino Film Festival posterlar tanlovi: mukofot – 1000 AQSh dollari!


Grant

MUHLAT

15.12.2020

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Onlayn

O'QILGAN

917 marta

Media Arts Center San Diego tomonidan tashkil etilgan San Diego Latino Film Festival festivali uchun posterlar tanloviga arizalar 15-dekabrgacha qabul qilinmoqda. Tanlov grafik dizaynerlar, rassomlar va boshqalar uchun mo’ljallangan. Ishtirok etish uchun qo’lda chizib yoki kompyuter dasturida tayyorlangan poster taqdim etish zarur. Poster San Diego Latino Film Festival festivali reklamalarida e’lon qilinadi, shuning uchun poster festival mazmuni va ruhini ko’rsatib bera olishi lozim. Posterlarda Lotin Amerikasi madaniyati va san’ati aks etishi kerak.

26 yildan buyon o’tkazib kelinayotgan San Diego Latino Film Festival festivali bu yil kinoteartlarda emas, onlayn tarzda ham namoyish etiladi. Festivalning pandemiya sababli gibrid (aralash) shaklda ham onlayn, ham an’anaviy tarzda o’tkazilishi posterda ham ifodalanishi zarur. Ya’ni, tanlovga topshirilgan posterda uyda televizor tomosha qilayotgan insonlar, niqoblar, va shu kabi hozirgi kun vaziyatida festival qanday ko’rinishda bo’lishi mumkinligiga ishora qiladigan tasvirlar bo’lishi kerak. 

Grant kimlar uchun?

Barcha uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

G’olibga 1000 AQSh dollari va AQShning Kaliforniya shtatida bo’lib o’tadigan festivalga chipta beriladi. 10 nafar eng yaxshi ishtirokchilar ham festival uchun chipta egasiga aylanadi. Festival 2021-yil 11-21-mart kunlari bo’lib o’tadi.

Talablar:

  • Posterda Lotin Amerikasi madaniyati stereotiplardan holi, ta’sirli usulda ko’rsatilishi kerak.
  • Poster dizayni barcha yoshdagi, ham ayol, ham erkak tomoshabinlarga mos bo’lishi kerak.
  • Poster ijtimoiy tarmoqlar, katalog, reklama va bannerlarda namoyish qilishga moslashtirilgan bo’lishi zarur.
  • Posterda keng omma uchun mo’ljallanmagan, ta’qiqlangan turdagi tasvirlar bo’lmasligi kerak (qurollar, haqoratli matnlar kabi).
  • Posterlar sifati, g’oyasi, o’ziga xosligi, tanlov talablariga mosligi hamda ijodkorlik darajasiga asosan saralanadi. 
  • Texnik talablar: JPEG formati, 72 dpi (RGB), o’lchamlari 457 x 610 mm., hajmi 4MB. Tanlov g’oliblari posterning yuqori sifatli 300 dpi (CYMK) nusxasini ham topshirishlari kerak bo’ladi. Posterda “28th San Diego Latino Film Festival” yozuvi bo’lishi kerak. 

Dasturga qabul jarayoni:

Arizalar 15-dekabrgacha qabul qilinadi. Natijalar 14-yanvarda e’lon qilinadi. Arizalarni bu yerda yoki bu yerda jo’natish mumkin. Yuborilayotgan poster nomi “firstlastnamesdlff2021posterentry” shaklida saqlanishi kerak. Masalan: “dilnozafayzievadlff2021posterentry”.

Murojaat uchun: ethan@mediaartscenter.org

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!