Har yili oʻtkaziladigan One Young World sammiti ijtimoiy taʼsirni tezlashtirish ustida ish olib borayotgan barcha mamlakatlar va sohalardan boʻlgan yorqin iqtidorlarni toʻplaydi.
2022-yildagi One Young World sammiti Yaponiya poytaxti Tokioda, 16-19-may kunlari boʻlib oʻtadi va unda 2000 dan ortiq yetakchi yoshlar qatnashishi rejalashtirilgan. Delegatlar (ishtirokchilar) nutqlar, muhokama forumlari, netvorking va seminarlardan iborat 4 kunlik tadbirlarda qatnashadi.
Yaponiyaning Santen tashkiloti ushbu sammitda qatnashish imkonini beruvchi Action for Inclusion | Santen One Young World Scholarship grantini taklif etmoqda.
Santen tashkiloti nogironligi boʻlgan shaxslarni ham jamiyat hayotida ishtirokini qoʻllab-quvvatlashga (disability inclusion) alohida eʼtibor qaratadi. Hamda quyidagi toifalardan biriga mos tushuvchi 3 nafar yosh yetakchiga grant ajratadi:
- Nogironligi boʻlgan shaxslarni jamiyat hayotida (kundalik hayot, menat faoliyati, aloqa, mahsulot va xizmatlar va hk) ishtirok etishi uchun imkoniyatlar yaratishga qaratilgan yechimlar ustida ish olib borayotgan yosh tadbirkorlar yoki targʻibotchilar.
- Nogironligi boʻlgan yosh tadbirkorlar va targʻibotchilar.
Grant kimlar uchun?
18-30 yoshlilar uchun
Batafsil ma'lumot uchun link
Grantning manfaatli jihatlari:
Ushbu grantga munosib deb topilgan nomzodlar quyidagi imtiyozlar bilan taʼminlanadi:
- 2022-yil, 16-19-may kunlari Tokioda boʻlib oʻtadigan One Young World sammitida ishtirok etish imkoniyati.
- 2022-yil 15-19-may kunlari Tokioda mehmonxona bilan taʼminlanadi.
- Tokioga borish va kelish uchun aviachipta beriladi.
- Nonushta, tushlik va kechki ovqat taʼminlanadi.
- Sammit turar joyi va Sammit oʻtkaziladigan joy oʻrtasidagi qatnov uchun transport taʼminlanadi.
Talablar:
Nomzodga qoʻyilgan talablar quyidagilardan iborat:
- Sammit vaqtida 18-30 yosh orasida boʻlish kerak.
- Istalgan davlat fuqarolari ushbu grantga ariza topshirishi mumkin.
- Mahalliy va global muammolar yechimiga boʻlgan ishtiyoq.
- Sammitga qatnashuvchi Santen xodimlari bilan hamkorlik qilishga tayyor boʻlish lozim.
- Tadbirkorlik yoki targʻibot / himoya faoliyati orqali nogironligi boʻlgan shaxslarni jamiyat hayotida ishtirok etishi uchun imkoniyatlarni yaratish / kengaytirish /yaxshilash boʻyicha yechimlar ishlab chiqish tajribasiga ega boʻlish kerak.
Shuningdek, nomzodlar ingliz tilini yetarli darajada bilishi kerak (sammit ingliz tilida bo’ladi).
Dasturga qabul jarayoni:
Grantga arizalar 2022-yil 7-yanvarga qadar onlayn tarzda BU YERDA topshiriladi. Ariza shaklida nomzodlar kerakli maʼlumotlarni kiritishi va bir nechta savollarga 200 soʻzdan oshmagan javoblar yozishi kerak.
MUHIM: Ariza topshirishga kirishishdan oldin grant haqidagi rasmiy maʼlumot bilan batafsil tanishib chiqing.