×

Santen tashkilotidan One Young World sammitida qatnashish uchun toʻliq grant!


Grant

MUHLAT

07.01.2022

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Yaponiya

O'QILGAN

3208 marta

Har yili oʻtkaziladigan One Young World sammiti ijtimoiy taʼsirni tezlashtirish ustida ish olib borayotgan barcha mamlakatlar va sohalardan boʻlgan yorqin iqtidorlarni toʻplaydi.

2022-yildagi One Young World sammiti Yaponiya poytaxti Tokioda, 16-19-may kunlari boʻlib oʻtadi va unda 2000 dan ortiq yetakchi yoshlar qatnashishi rejalashtirilgan. Delegatlar (ishtirokchilar) nutqlar, muhokama forumlari, netvorking va seminarlardan iborat 4 kunlik tadbirlarda qatnashadi.

Yaponiyaning Santen tashkiloti ushbu sammitda qatnashish imkonini beruvchi Action for Inclusion | Santen One Young World Scholarship grantini taklif etmoqda.

Santen tashkiloti nogironligi boʻlgan shaxslarni ham jamiyat hayotida ishtirokini qoʻllab-quvvatlashga (disability inclusion) alohida eʼtibor qaratadi. Hamda quyidagi toifalardan biriga mos tushuvchi 3 nafar yosh yetakchiga grant ajratadi:

  • Nogironligi boʻlgan shaxslarni jamiyat hayotida (kundalik hayot, menat faoliyati, aloqa, mahsulot va xizmatlar va hk) ishtirok etishi uchun imkoniyatlar yaratishga qaratilgan yechimlar ustida ish olib borayotgan yosh tadbirkorlar yoki targʻibotchilar.
  • Nogironligi boʻlgan yosh tadbirkorlar va targʻibotchilar.

Grant kimlar uchun?

18-30 yoshlilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Ushbu grantga munosib deb topilgan nomzodlar quyidagi imtiyozlar bilan taʼminlanadi:

  • 2022-yil, 16-19-may kunlari Tokioda boʻlib oʻtadigan One Young World sammitida ishtirok etish imkoniyati.
  • 2022-yil 15-19-may kunlari Tokioda mehmonxona bilan taʼminlanadi.
  • Tokioga borish va kelish uchun aviachipta beriladi.
  • Nonushta, tushlik va kechki ovqat taʼminlanadi.
  • Sammit turar joyi va Sammit oʻtkaziladigan joy oʻrtasidagi qatnov uchun transport taʼminlanadi.

Talablar:

Nomzodga qoʻyilgan talablar quyidagilardan iborat:

  • Sammit vaqtida 18-30 yosh orasida boʻlish kerak.
  • Istalgan davlat fuqarolari ushbu grantga ariza topshirishi mumkin.
  • Mahalliy va global muammolar yechimiga boʻlgan ishtiyoq.
  • Sammitga qatnashuvchi Santen xodimlari bilan hamkorlik qilishga tayyor boʻlish lozim.
  • Tadbirkorlik yoki targʻibot / himoya faoliyati orqali nogironligi boʻlgan shaxslarni jamiyat hayotida ishtirok etishi uchun imkoniyatlarni yaratish / kengaytirish /yaxshilash boʻyicha yechimlar ishlab chiqish tajribasiga ega boʻlish kerak.

Shuningdek, nomzodlar ingliz tilini yetarli darajada bilishi kerak (sammit ingliz tilida bo’ladi).

Dasturga qabul jarayoni:

Grantga arizalar 2022-yil 7-yanvarga qadar onlayn tarzda BU YERDA topshiriladi. Ariza shaklida nomzodlar kerakli maʼlumotlarni kiritishi va bir nechta savollarga 200 soʻzdan oshmagan javoblar yozishi kerak.

MUHIM: Ariza topshirishga kirishishdan oldin grant haqidagi rasmiy maʼlumot bilan batafsil tanishib chiqing.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!