×

Saratonga qarshi kurashish sohasi mutaxassislari uchun ikki oygacha amaliyot dasturi; 3 400 AQSh dollar stipendiya; joy – 60 tagacha!


Grant

MUHLAT

31.12.2019

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Dunyo bo'ylab

O'QILGAN

1581 marta

Xalqaro The Union for International Cancer Control’s (UICC)  tashkiloti saratonga qarshi kurashish boʻyicha tadqiqot olib borayotgan izlanuvchilardan 2020-yilgi UICC Technical Fellowships (UICC-TF)amaliyot dasturiga arizalar qabul qilmoqda. Grant tibbiyot sohasida saraton kasalliklari sohasida ishlayotgan mutaxassislar uchun moʻljallangan. Grant bir oy (zarur boʻlganda yana biro y qoʻshiladi) muddat amaliyot oʻtash uchun ajratiladi. Grant har yili 50-60 nafar nomzodga beriladi. Dastur saratonning quyidagi sohalariga tegishli:

  1. Cancer prevention
  2. Causes of cancer
  3. Cancer registries, analysis of cancer data
  4. Early detection, pathology, diagnosis, and prognosis
  5. Cancer treatment
  6. Patient support, survivorship and palliative care
  7. Health economics, universal health coverage and policy, national cancer control plans.

Grant kimlar uchun?

Saratonga qarshi kurashish sohasida ishlayotgan mutaxassislar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Grant yutib olgan nomzodlarga oʻqish, turar joy, stipendiya kabi harajatlar uchun oylik 3 400 AQSh dollar mablagʻ ajratadi. Grant bir oyga ajratiladi, ammo zarur hollarda ikkinchi oyga uzaytirilishi mumkin.

Talablar:

Nomzod quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  1. Barcha davlatlardan vakillar ushbu grantga ariza bera oladilar.
  2. Nomzod taqdim etayotgan loyiha saratonga qatshi kurashish, kasallikning kechishi, klinik kuzatish, profilaktika va davolash choralariga qaratilishi kerak.
  3. Nomzodning tegishli shu sohaga kamida magistr diploma boʻlishi kerak.
  4. Onkologiya sohasida ishlayotgan shifokor (kamida MD) va hamshira (kamida RN)lar ariza bera oladilar.
  5. Ayni vaqtda magistratura yoki PhD bosqichida oʻqiyotgan nomzodlar ariza bera olmaydi.

Dasturga qabul jarayoni:

Ariza topshirish onlayn tarzda amalga oshiriladi.

Dedlayn – 2019-yil 31-dekabr. Ammo nomzodlar imkon qadar erta hujjat topshirganlari maqsadga muvofiq.

Hujjat topshirish quyidagicha amalga oshiriladi:

  1. Roʻyxatdan oʻtishdan avval yoʻriqnoma bilan tanishib chiqing va unga qatʼiy amal qiling.
  2. Shu yerda onlayn tarzda ariza topshiring. Ariza toʻldirish 13 qadamda amalga oshiriladi. Bunda barcha savollarga toʻliq, aniq javob yozish kerak.
  3. ProposalCENTRALni elektron tizimda roʻyxatdan oʻtkazing. Roʻyxatdan oʻtkazish: shu yerda.
  4. Undan soʻng Professional Profile toʻldiring.
  5. ProposalCENTRAL boʻyicha roʻyxatdan oʻtish jarayonida muammo tugʻilsa: pcsupport@altum.com manziliga murojaat qiling.
  6. Ariza toʻldirish yuzasidan esa: fellows@uicc.org manzili bilan bogʻlaning.

 

Kerakli hujjatlar tarkibi:

  • CV/resume.
  • Mahalliy coordinator/supervisordan Attestation on Headed Paper.
  • Amaliyot oʻtash uchun qabul qiluvchi tashkilotdan Host Attestation. Ya’ni, imtihon/sinov.
  • Qabul qiluvchi tashkilot supervisoridan Letter of Invitation on Headed Paper.

Nomzodlarni saralash ularning tadqiqot obyektining sifati va dolzarbligi, muammoni yechishga yondashuvi, muammoning tadqiqot muhitiga mosligi, tadqiqotning talabga javob berishi kabi mezonlariga asosan amalga oshiriladi.

Natijalar dedlayndan 60 kun keyin eʼlon qilinadi;

Bogʻlanish uchun: pcsupport@altum.com;  fellows@uicc.org

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!