×

Sartorius Scholarships – Germaniyada bepul magistratura va 800 yevro stipendiya!


Grant

MUHLAT

31.07.2022

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Germaniya

O'QILGAN

2921 marta

Sartorius Scholarships – Germaniyada magistratura bosqichida oʻqishga qabul qilingan yoki oʻqishga topshirmoqchi boʻlganlarga moliyaviy yordam taklif qiluvchi dasturdir. Ushbu dastur iqtidorli talabalarga diqqatini toʻliq taʼlim olishga qaratish imkonini beradi. Dasturga arizalar ingliz tilida topshiriladi.

Grant kimlar uchun?

Magistratura bosqichida oʻqishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Ushbu grantni qo‘lga kiritgan nomzodlar uchun quyidagi imkoniyatlar taqdim etiladi:

  • Sartoriusda stajirovka o‘tash yoki magistrlik dissertatsiyasini yozish imkoniyati.
  • Magistrlik dasturi davomida semestr to‘lovlari qoʻlab beriladi.
  • Har oy 800 yevrogacha stipendiya bilan taʼminlanadi.
  • Professional yoki shaxsiy rivojlanish bo‘yicha va boshqa masalalarda yordam so‘rash, maslahatlar olish uchun alohida murabbiy tayinlanadi.
  • G‘olib nomzodlar yiliga ikki marta tashkil etiladigan yig‘inlar orqali boshqa stipendiatlar va ekspertlar bilan aloqa o‘rnatishi mumkin bo‘ladi.
  • Sartorius bilan karyerani yo‘lga qo‘yish uchun ajoyib imkoniyatga ega bo‘ladi.

Talablar:

Nomzodga qoʻyilgan talablar quyidagicha:

  • Nomzod axborot texnologiyalari, ma’lumotlar (Data Science), kimyo sohasi, shuningdek kimyo muhandisligi, biomuhandislik, biotibbiyot muhandisligi yoki elektrotexnika kabi sohalar bo‘yicha bakalavr darajasini yaxshi yoki a’lo baholarga tugatgan bo‘lishi lozim.
  • Germaniya universitetida yuqorida sanalgan yo‘nalishlardan birida magistraturaga qabul qilingan bo‘lishi yoki qabul qilinish arafasida boʻlishi kerak.
  • Farmatsevtika va labaratoriya uskunlarini yetkazib berish sohasida xalqaro miqyosda professionl tajribaga ega bo‘lish istagida bo‘lishi kerak.
  • Ingliz tilini kuchli bilish lozim. Chet elda o‘qish yoki ishlash tajribasiga ega bo‘lsa, yana-da yaxshi.
  • Nomzod qiyinchiliklardan qochmaydigan, mas’uliyatli, harakatchan bo‘lishi maqsadga muvofiq.

Dasturga qabul jarayoni:

Dasturga arizalar 2022-yil 31-iyulgacha qabul qilinadi.

Ariza topshirish jarayoni quyidagicha amalga oshiriladi:

  • Rasmiy e’lon bilan batafsil tanishgach, bu yerga kirib, ingliz tilida ariza topshiring.
  • Muddat tugagach, dastlabki saralashdan o‘tgan nomzodlar bilan telefon orqali suhbatlashiladi.
  • Tanlangan nomzodlar Gyottingendagi bir kunlik Baholash Markaziga taklif etiladi. Markazda kun davomida turli xil mashqlar bajariladi va so‘ngida tashkilotchilar yakuniy xulosalarni e’lon qiladilar.
  • Stipendiya taʼminoti joriy yilning qishki semestridan (1-oktyabr yoki 1-noyabrdan) boshlanadi.

MUHIM: Ariza topshirishga kirishishdan oldin rasmiy eʼlon bilan batafsil tanishib chiqing.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!