×

Saudiya Arabistoni: Magistratura va doktorantura uchun toʻliq grantlar!


Grant

MUHLAT

12.02.2020

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Saudiya Arabistoni

O'QILGAN

7050 marta

Saudiya Arabistonida joylashgan King Fahd University of Petroleum and Minerals (KFUPM) universiteti 2020-yilning kuzida boshlanadigan magistratura va doktorantura kurslari uchun ajratilgan Graduate Scholarships grant dasturiga arizalar qabul qilmoqda. Grantlar dasturi KFUPM da Muhandislik, Fan va Biznes yoʻnalishlarida oʻqitiladigan istalgan magistratura va doktorantura kurslariuchun moʻljallangan. Ushbu grant dasturidan maqsad shu universitetga oʻqishga qabul qilingan umidli va a’lochi talabalarni moddiy jihatdan qoʻllab-quvvatlash hamda ragʻbatlantirishdir.

KFUPM’da oʻqitiladigan barcha magistratura va doktorantura kurslari haqida ma’lumot shu yerda keltirilgan.

Grant kimlar uchun?

Magistratura va doktoranturada oʻqishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

King Fahd University of Petroleum and Minerals grantlarini yutib olgan magistratura va doktorantura talabalariga toʻliq grantlar beriladi.

Talablar:

Nomzod quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

Magistratura uchun:

  1. Nomzod 4 yillik bakalavr kursini a’lo baholarga tamomlagan boʻlishi kerak.
  2. Nomzod oʻqigan bakalavr kursi yoʻnalishi fan, muhandislik yoki biznes sohalariga yaqin yoki aloqador boʻlishi kerak.
  3. Nomzodnng bakalavr kursida olgan baholarining umumiy oʻrtachasi 4 ballik tizimda kamida 3 ballni tashkil etishi kerak.
  4. Nomzod ingliz tilini kamida TOEFL 520 (IBT 68) yoki IELTS 6 darajasida bilishi zarur.
  5. Nomzod muhandislik va fan kurslari uchun GRE testidan kamida: Quantitative – 156, Analytical – 4.0, Verbal – 143 ball toʻplagan boʻlishi lozim.
  6. Nomzod biznes kurslari uchun GMAT testidan kamida 450 ball toʻplagan boʻlishi kerak.
  7. Biznes kurslari uchun nomzod bakalavr bosqichida hisob (calculus) va informatika, dasturlash kabi komputerga oid fanlarni oʻqigan boʻlishi kerak.
  8. Biznes kurslari uchun nomzod kamida 1 yillik ish tajribasiga ega boʻlishi kerak. Executive MBA kursi uchun nomzoddan kamida 8 yillik ish tajribasi talab qilinadi.
  9. Nomzod turli magistratura kurslarining qoʻshimcha qabul talablariga ham (agar bor boʻlsa) javob berishi kerak.

Muhandislik yoki fan yoʻnalishlaridagi doktorantura kurslari uchun:

  1. Nomzod M.S. magistratura diplomiga ega boʻlishi kerak.
  2. Nomzodning umumiy oʻrtacha bahosi 4 ballik tizimda kamida 3 ball boʻlishi kerak.
  3. Nomzod ingliz tilini kamida TOEFL 550 (IBT 79) yoki ILETS 6.5 darajasida bilishi kerak.
  4. Nomzod GRE testini muvaffaqqiyatli topshirgan boʻlishi kerak.
  5. Nomzod oʻzi hujjat topshirgan doktorantura kursining qoʻshimcha qabul talablariga ham (agar bor boʻlsa) toʻliq mos boʻlishi zarur.

Dasturga qabul jarayoni:

Grantlar universitetning barcha bakalavriat, magistratura, ingliz tili kurslarida oʻqish uchun beriladi. Shunig uchun avval oʻqishga kirish uchun hujjat topshirish kerak. Grantga alohida ariza berish talab qilinmaydi. 2020-yil yanvarda boshlanadigan kurslar uchun dedlayn- 2020-yil 12-fevral.

Hujjat topshirish quyidagicha amalga oshiriladi:

  1. Hujjatlar formatlari va shakllari haqida batafsil ma’lumotni shu yerdan oʻqib chiqing.
  2. Keyin mos keladigan kursga ariza bering. Kurslarga hujjat topshirish uchun onlayn ariza toʻldirish kerak.
  3. Ariza toʻldirishni boshlash uchun sahifa ochilgach uning oxirigacha tushib, “I am eligible as per the mentioned Eligibility&I hold the minimum required documents to proceed with application” bandiga belgi (“ptichka”) qoʻyish kerak.
  4. Shunda soʻng onlayn roʻyhatdan oʻtish, keyin esa ariza toʻldirish boshlanadi. Ariza toʻldirish haqida yoʻriqnoma bunda sizga yordam beradi.
  5. Ariza toʻldirish haqida savol-javoblar shu yerda berilgan.Muammo tugʻilsa, ushbu ma’lumotlardan foydalaning.
  6. Grant uchun alohida ariza topshirish shart emas, kurslarga hujjat topshirib, oʻqishga qabul qilingan eng munosib nomzodlarga grantlar belgilanadi.

Kerakli hujjatlar:

  1. Pasport nusxasi.
  2. Diplom va baholar.
  3. Motivatsion xat sifatida yoziladigan “statement of purpose”.
  4. Uchta tavsiyanoma.
  5. GMAT yoki GRE testlari natijalari.
  6. IELTS yoki TOEFL testlari natijalari.

Ma’lumot uchun: gs-admissions@kfupm.edu.sa.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!