×

Saudiya Arabistoni: Madina universiteti bakalavr kursida o’qish uchun to’liq grant!


Grant

MUHLAT

31.12.2020

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Saudiya Arabistoni

O'QILGAN

15919 marta

Saudiya Arabistonida joylashgan Madina universiteti tomonidan taqdim etiladigan The Deanship of the Faculty of Science grant dasturi uchun arizalar qabul qilinmoqda. Ushbu grantlar shu universitetda matematika, fizika va kimyo yo’nalishlarida o’qitiladigan bakalavr kurslarida o’qish uchun eng iqtidorli, xorijlik musulmon yigitlarga beriladi.

Grant kimlar uchun?

Bakalavr kursida o’qishni xohlagan yigitlar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Madina universiteti aniq fanlar grant dasturi saralab olingan talabalarni to’liq grant bilan ta’minlaydi. Grant quyidagilarni o’z ichiga oladi:

  • Talabaga o’qish boshlanganida Madinaga kelish va har o’quv yilining oxirida o’z yurtiga borish uchun aviachipta olib beriladi.
  • Talabaga oylik stipendiya beriladi.
  • Yuqori baholarga o’qigan talabalarga qo’shimcha stipendiya ajratiladi.
  • Hali oila qurmagan talabalar uchun yotoqxonadan jihozlangan bepul xona taqdim etiladi.
  • Talaba universiteti oshxonasidan kichik miqdordagi oylik to’lov evaziga foydalanish imkoniyatiga ega bo’ladi.
  • Talaba universitet tibbiy bo’limining sifatli xizmatlaridan foydalanishi mumkin bo’ladi.
  • Talaba Al Masjid an-Nabaviy masjidi va Umra safarlariga chiqishi uchun yo’l xarajatlari qoplab beriladi.
  • Talaba Madina universitetidagi barcha qulayliklardan foydalanishi mumkin bo’ladi.

Talablar:

  • Nomzod namunali xulqli, musulmon bo’lishi, jinsi erkak bo’lishi hamda yoshi 17-25 oralig’ida bo’lishi zarur.
  • Nomzodning salomatligi yaxshi holatda bo’lishi kerak.
  • Nomzod maktabni (litseyni, kollejni) juda yuqori baholarga tamomlagan bo’lishi zarur. Boshqa yutuqlarga erishgan bo’lsa, grant yutib olish ehtimoli ortadi.
  • Nomzod maktabni (litseyni, kollejni) tamomlaganiga 5 yildan oshmagan bo’lishi shart.
  • Nomzod Madina universiteti to’liq (full-time) bakalavr kurslaridan biriga hujjat topshirishi kerak.
  • Nomzod aniq fanlar bo’yicha ayniqsa a’lo baholarga o’qigan bo’lishi zarur.

Dasturga qabul jarayoni:

Grantni yutib olish uchun Madina universiteti bakalavr kurslaridan biriga 2020-yil 31-dekabrga qadar hujjat topshiring. Arizalar bu yerda topshiriladi.

Kerakli hujjatlar (ingliz yoki arab tilida):

  • Maktab shahodatnomasi yoki kollej/litsey diplomi hamda baholari;
  • Tug’ilganlik to’g’risida ma’lumotnoma;
  • Xulq-atvor haqida ma’lumot (Testimony of Conduct);
  • Pasport nusxasi.

Murojaat uchun contact@iu.edu.sa elektron manziliga xabar yuborishingiz mumkin.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!