×

Saudiya Arabistoni: Magistratura va PhD uchun toʻliq grant; yillik stipendiya – 30 000 AQSh dollargacha!


Grant

MUHLAT

Doimiy

QOLGAN VAQT

Doimiy

HUDUD

Saudiya Arabistoni

O'QILGAN

54930 marta

Saudiya Arabistonining King Abdullah University of Science and Technology (KAUST) oliy ta’lim muassasasi magistratura va Ph.D kurslarida oʻqishni xohlovchilarga KAUST Fellowship universitet grantini taklif qiladi. Nomzodlar universitetda mavjud istalgan sohani tanlashlari mumkin hamda universitetning magistrlik yoki PhD bosqichiga qabul qilingan barcha talabaga avtomatik tarzda mazkur grant taqdim etiladi.

Grant kimlar uchun?

Magistraturada yoki Ph.D kurslarida oʻqishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Universitetga qabul qilingan barcha magistrant va doktoranlar quyidagi iqtisodiy imtiyozlar bilan ta’minlanadi:

  • Oʻqishning butun muddatiga kontrakt toʻlovidan ozod qilinadi.
  • Oylik stipendiya bilan ta’minlanadi. Stipendiya miqdori soha va talabaning qobiliyatidan kelib chiqib yiliga 20 000 dan 30 000 USDgacha boʻlgan mablagʻni tashkil qiladi.
  • Turar joy bilan ta’minlanadi.
  • Tibbiy va tish sugʻurtasi qoplab beriladi.
  • Saudiya Arabistoniga borish va joylashish masalalarida ham yordam koʻrsatiladi

Talablar:

Grantga nomzodlar quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  • Nomzod oʻzi tanlagan magistratura yoki PhD kursi talablariga mos boʻlishi va shu kursga qabul qilinishi kerak.
  • Nomzod ingliz tilini yaxshi bilishi kerak. Ingliz tiliga qoʻyilgan minimal talab quyidagicha: IELTS – 6.5; TOEFL – 79 (Internet Based).
  • GRE sertifikati talab qilinmaydi. Lekin bunday sertifikatning boʻlishi (yuqori ball olingan boʻlsa) tanlanishga ijobiy ta’sir etadi (kod: 4139).

Magistratura kursiga qabul uchun maxsus talablar bilan bu yerda tanishing.

Doktorantura (PhD)ga qabul haqida maʼlumot va talablar bilan bu yerda tanishing.

Dasturga qabul jarayoni:

KAUST magistratura va doktorantura kurslariga qabul qilingan barcha talabalarga grant belgilanadi, shuning uchun grant dasturining o’ziga alohida ariza topshirish talab etilmaydi. Kurslarga ariza topshirish kifoya.

Hozirda 2024-yilda o’qishni boshlash uchun arizalar qabul qilinmoqda. Qabulning soʻngi kuni (deadline) uchun aniq sana koʻrsatilmagan. Qaysi kursga kirish haqida qaror qilganingizdan keyin oʻsha kurs sahifasiga kirib, hujjat topshirish jarayonini boshlaganingizda eng ertasi qaysi semestrdan oʻqishni boshlash mumkinligini bilib olishingiz va oʻsha semestr uchun hujjat topshirishingiz mumkin. Qabul jarayoni bu yerda ham ko’rsatilgan.

Nomzodlar magistratura yoki PhD kurslaridan biriga ariza berishda quyidagi hujjatlarni topshirishi kerak boʻladi:

  • Magistraturaga hujjat topshirayotganlar – bakalavrlik diplomi, Ph.D ga hujjat topshirayotganlar – bakalavrlik yoki magistrlik diplomi.
  • Diplom ilovasi (baholar).
  • Motivatsiya xati.
  • CV/resume.
  • 3ta tavsiyanoma. Tavsiyanomalar nomzodni yaxshi biladigan, universitetda ilmiy rahbar boʻlgan yoki nomzodga dasr oʻtgan professor-oʻqituvchilar tomonidan yozlishi lozim. Tavsiyanomalar tavsiya qiluvchilar tomonidan onlayn tarzda yuboriladi va unda nomzodni qay darajada, qanchadan beri bilishi, nomzod qay darajada raqobatbardosh ekanligi (dasr oʻtgan guruhdagi eng yaxshi 1%ning ichiga kirgan, oxirgi besh yillikdagi eng yaxshi talabalrdan biri va hk) hamda nomzodning tadqiqot olib borish qobiliyati kabi ma’lumotlar berilishi kerak.

Diplom ilovasi asl tili va ingliz tilidagi rasmiy tarjimasi bilan topshrilishi kerak. Diplom ilovasida universitetdagi baholash tizimi qanday ekanligi (baholash tizimi necha ballik, necha balldan necha balgacha “a’lo”, “yaxshi’ va hk) albatta koʻrsatilishi kerak. Qanday kursga hujjat toopshirilganidan kelib chiqib qo’shimcha hujjatlar ham talab qilinishi mumkin. Dastlab hujjatlar onlayn tarzda topshiriladi. Agar nomzod universitetga qabul qilinsa, ilovalar pochta orqali universitetga yuboriladi.

Universitet manzili:

Office of Admissions
Graduate Affairs
Building 9, Suite 4328
4700 King Abdullah University of Science and Technology
Thuwal, Jeddah 23955-6900
Kingdom of Saudi Arabia

Ma’lumot uchun: admissions@kaust.edu.sa elektron manziliga murojaat qilishingiz mumkin. Qo’shimcha ma’lumot uchun ko’p beriladigan savollar va ularga javoblar bilan tanishib chiqing.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!