×

Schaffhausen Institute of Technology: kompyuter fanlari va dasturlash muhandisligi bo’yicha magistratura kursiga to’liq va qisman grantlar


Grant

MUHLAT

31.08.2021

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Onlayn

O'QILGAN

2840 marta

Shveytsariyada joylashgan Schaffhausen Institute of Technology (SIT) oliygohida o’qitiladigan Master in Computer Science and Software Engineering (kompyuter fanlari va dasturlash muhandisligi yo’nalishidagi magistratura kursi) uchun arizalar qabul qilinmoqda.

Magistratura kursi 2 yil davom etadi. Dasturni “Fast Track” rejimida 3 semestrda tamomlash ham mumkin. Oddiy magistratura kursi 120 kreditli, 4 semestrli dastur hisoblanadi. Magistratura kursining qo’shma dastur ko’rinishi ham mavjud, bunda 140 kreditli kursda 4 semestrdan 2 semestr SIT’ga hamkor universitetlarda o’qitiladi va talaba 4 semestr va 2 yoz davomida 2 yoki undan ortiq universitetda o’qish imkoniyatiga ega bo’ladi.

Ushbu magistratura kursini onlayn ham, yoki Shveytsariyadagi oliygoh kampusida ham oʻqish mumkin. Dastur 2021-yil 13-sentyabrda boshlanadi.

Grant kimlar uchun?

Kompyuter fanlari va muhandislik bo’yicha magistratura kursida o’qishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Ushbu magistratura kursi uchun bir necha xil grant dasturlari mavjud. Dasturga qabul qilingan talaba o’qish to’lovidan to’liq yoki qisman ozod qilinishi mumkin. O’rtacha bahosi (GPA) yuqori bo’lgan talabalar uchun ham o’qish to’loviga chegirmalar qilinadi. Qo’shma magistratura dasturi uchun ham alohida toʻliq grantlar ajratiladi.

Ushbu magistratura kursi uchun bir yillik oʻqish toʻlovi 5000 CHF (taxminan 5500 AQSH dollari)ni tashkil qiladi (shveystsariyalik boʻlmagan talabalar uchun).

 

Talablar:

Nomzod quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  • Nomzod bakalavr kursi diplomiga ega bo’lishi, kursni kompyuter fanlari, dasturlash yoki dasturiy muhandislik sohalarida yoki shu sohalarga mos yo’nalishda o’qigan bo’lishi kerak.
  • Nomzodning baholari yaxshi yoki a’lo bo’lishi kerak. Grantlar eng a’lochi talabalarga beriladi.
  • Nomzod ingliz tilini yaxshi bilishi kerak.
  • Kursga qabul uchun ichki talablar ham mavjud, ular bilan kurs broshyurasini olib, tanishishingiz mumkin. Kurs broshyurasini olish uchun BU YERDA alohida soʻrov yuborish kerak boʻladi.

Dasturga qabul jarayoni:

Mazkur dasturga arizalar 2021-yilning 31-avgustiga qadar qabul qilinadi. Ariza topshirish jarayoni, kerakli hujjatlar, ichki talablar va boshqalar bilan kurs broshyurasini olib, tanishib chiqish mumkin.

Savollar boʻyicha oliygoh saytidagi maxsus shakl orqali murojaat qilishingiz mumkin.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!